Xorazmlik 28 yoshli Oltinoy Mahmudovaning vazirlik tomonidan bepul berilgan “Allasept” dori vositasi qabulidan so‘ng ahvoli og‘irlashgan, deb yozmoqda “Togri.uz”. Oltinoyni davolovchi shifokor “Allasept” ichishni to‘xtatib, o‘rniga “Maysept” sotib olib ichishini maslahat bergan. Oltinoy dorini o‘zgartirganidan so‘ng ahvoli yaxshilana boshlagan.
10 oy avval otasining buyragi ko‘chirib o‘tkazilgan Oltinoy avvaliga “Selsept” va “Prograf” ichgan. So‘ngra vazirlik tomonidan dorilar “Maysept”ga o‘zgartirilgan. Bir oz muddatdan keyin dorilar “Allasept”ga o‘zgartirilgan.
Mavzuga doir: Bepul berilgan dorilardan ahvoli og‘irlashgan bemorlar Sog‘liqni saqlash vazirligiga shikoyat qilib keldi (video)
3-oktabr, payshanba kuni 20 nafardan ortiq buyragi transplantatsiya qilingan bemorlar doimiy berib borilayotgan bepul dorilarning o‘zgarganidan shikoyat qilib, Sog‘liqni saqlash vazirligi oldida to‘plangandi.
Izoh (0)