• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Green Card mavsumi boshlandi. Qancha odam “surmoqchi”? Buni aniqlashga harakat qildik

    Green Card mavsumi boshlanishi munosabati bilan “Daryo” muxbiri Dilbar Ismatullayeva Telegram messenjerining aholining nisbatan “jiddiy”, ziyoli qatlamini qamrab olgan kanallarida turli shaklda so‘rovnomalar tashkil etdi. So‘rovnoma o‘tkazishda yaqindan yordam bergan kanal adminlariga rahmat degan holda natijalarni e’lon qilamiz.

    Natijalar 4-oktabrga oid.

    O‘zbekiston talabalarini eng keng tarzda qamrab olgan va rasmiy faoliyat olib boruvchi @TalabaUz  kanalida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalari quyidagicha:

    Skrin: “Daryo”

    Skrin: “Daryo”

    Ko‘rib turganingizdek, so‘rovnomada ishtirok etgan talabalarning 33 foizi qat’iy “surish” fikriga kelgan bo‘lsa, yana 28 foizi yaqindagina xayolan amerikalikka aylangan. Qolgan 32 foiz vatanparvar do‘stlarimizni olqishlaymiz. 8 foiz “Green Card? Nima u?” javob variantini belgilaganlarga esa “uyat-uyat” deya olamiz xolos. Shu o‘rinda bir hazilomuz savol tug‘iladi: talabalar ketsa, maklerlarni kim boqadi?

    Navbatdagi so‘rovnoma badiiy adabiyot ishqibozlarining ko‘pchiligi a’zo bo‘lgan “Iqtibos” kanalida o‘tkazildi. Natijalar bilan tanishing:

    Skrin: “Daryo”

    Skrin: “Daryo”

    Kitobsevarlarning 29 foizi zudlik bilan ketish taraddudida bo‘lsa, qolgan 20 foizi ketolmasligidan afsusda. Bu janoblar kitob va hayot boshqa-boshqa masalaligini unutgan ko‘rinishadi.

    Shu o‘rinda so‘rovnomalarga hukm sifatida qaramasligingizni so‘raymiz. Bu shunchaki eksperiment va uning natijalaridan xulosa qilishda har kim o‘z dunyoqarashidan kelib chiqadi.

    Ko‘pchiligimiz yaxshi taniydigan @NurbekAlimov’dan ham o‘z Telegram-kanalida so‘rovnoma tashkillashtirib berishini iltimos qildik. Natijalar quyidagicha:

    Skrin: “Daryo”

    Skrin: “Daryo”

    39 foiz odam Green Card o‘ynash niyatida. Buni qanday tushunish mumkin? Ha, topdingiz, bu qip-qizil noshukurlik!

    Hazil o‘z yo‘liga, lekin so‘rovnoma maqsadli ravishda aholining (nisbatan) o‘qimishli qismi yig‘ilgan kanallarda o‘tkazildi. Har bir kanaldagi 30–40 foiz foydalanuvchi samolyot chiptasini qo‘liga tutqazgudek bo‘lsangiz, ertagayoq jo‘nab ketish kayfiyatida.

    Uchta so‘rovnomadan xulosa qiladigan ahmoq yo‘q deydiganlar uchun navbatdagi so‘rovnomalar natijalarini birin-ketin havola qilamiz:

    Skrin: “Daryo”

    Skrin: “Daryo”

    Bu bola ismi miyangizga avtomatik tarzda kelgan G‘aniyev emas. U ijtimoiy tarmoqlarda “Doktor Shizoid” nomi bilan mashhur va doimiy ravishda o‘zining tibbiyotga aloqador qiziqarli va foydali maqolalarini e’lon qilib boradi. “Daryo”da ham uning bir nechta maqolalari e’lon qilingan (1, 2).

    Sarvarning kanalida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, 33 foiz a’zo “surmoqchi”, yana 8 foizi esa vatanparvarligini tan olgan.

    Skrin: “Daryo”

    Skrin: “Daryo”

    Lingvistikaga qiziquvchilar uchun maxsus ensiklopediya deya bemalol e’tirof etish mumkin bo‘lgan “Asanov formati” o‘quvchilarining 32 foizi ketishga orzumand. Yana 14 foiz odam betaraf pozitsiyani ushlab turibdi.

    Skrin: “Daryo”

    Skrin: “Daryo”

    “Muhrimchilar” ham peshqadamlikni qo‘ldan berishmayapti. 37 foiz kanal a’zolari Green Card o‘ynash istagini bildirgan. Yana 12 foizlik jamoa “o‘ylab ko‘ryapti”.

    O‘zining ajabtovur memlari bilan anchagina nazarga tushib qolgan “Nurqul minbari” kanalini ham ashaddiy noshukrlar makoni deyish mumkin ekan. Nega deysizmi? Mana, qarang:

    Skrin: “Daryo”

    Skrin: “Daryo”

    Yakuniy xulosa qiladigan bo‘lsak:

    - So‘rovnomalarda jami 11 269 kishi ishtirok etdi;

    - So‘rovnoma ishtirokchilarining 4 393 nafari, ya’ni 39 foizi doimiy yoki ilk marotaba Green Card o‘yini ishtirokchilari;

    - Ishtirokchilarning 8 foizi hali bu haqida o‘ylab ko‘rmagan;

    - Yana bir qism ovoz beruvchilar afsusli yoki kinoyali variantlarni belgilagan.

    Natijalarga e’tibor qaratganimizda shu ko‘rinadiki, ishtirokchilarning 40 foizga yaqinida Amerikaga ketish uchun moyillik bor. Albatta, bu so‘rovimiz butun O‘zbekistondagi kayfiyatni aks ettira olmaydi: birinchidan, O‘zbekistonda bir necha ming emas, o‘n millionlab odam yashaydi; ikkinchidan, hamma ham ijtimoiy tarmoqlarda o‘tirmaydi, yuqoridagi kanallarning esa o‘ziga xos auditoriyasi bor. Nima bo‘lganda ham, so‘rovnoma o‘tkazgan kanallarni o‘qiydigan qatlamning intellektual va ijtimoiy darajasini hisobga oladigan bo‘lsak, bu ko‘rsatkichdan bir qancha xulosalar qilib olsak bo‘ladi. Bunday xulosalar qilishni esa har kimning o‘ziga qoldiramiz.

    Muallif fikri tahririyat nuqtai nazaridan farq qilishi mumkin.

    06.10.2019, 19:31   Izoh (0)   106199
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    NASA hamkorligida yaratilgan sun’iy intellekt Quyoshdagi chaqnashlarni 2 soat oldin prognoz qila oladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:50

    “AQSH bosimiga qarshi birdammiz”: Xitoy Hindistonni qo‘llab-quvvatladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:10

    Superliga. “Nasaf” “Surxon”dan ustun keldi, “OKMK” “Xorazm” darvozasiga 3 ta gol kiritdi

    Sport | 23 avgust, 21:50

    Xitoyda ko‘prik qulashi oqibatida 12 nafar ishchi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 23 avgust, 21:35

    Rauf Parfi, Muhammad Yusuf va boshqa marhum ijodkorlar ordenlar bilan mukofotlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 21:11

    Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov “Oliy darajali imom Buxoriy” ordeni bilan taqdirlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 20:46

    Ispaniyadagi plyajlar zaharli va noyob shilliqqurt sabab yopildi

    Dunyo | 23 avgust, 20:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.