• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Davlat soliq qo‘mitasi raisi: QQS bo‘yicha 15 foizlik stavkani 2020-yil 1-yanvardan joriy etishni taklif qilgandik

    Shavkat Mirziyoyev shu yil 26-sentabrda “O‘zbekiston Respublikasining soliq siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi. Davlat soliq qo‘mitasi raisi Behzod Musayev O‘zA muxbiri bilan suhbatda mazkur hujjat mazmun-mohiyatiga izoh berdi.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    — Mutaxassislar soliq siyosati bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirgan va qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasi yuqori ekanini ta’kidlagandi. Ammo O‘zbekiston Respublikasi davlat budjetiga tushumning uchdan birini qo‘shilgan qiymat solig‘i tashkil etadi. Bu mamlakat oldida turgan ko‘plab xarajatlar uchun muhim manba hisoblanadi.

    Bugun budjet tashkilotlarida 1,7 million aholi doimiy ish bilan band, 3 milliondan ortiq pensiya yoshidagi fuqarolar bor. Davlat tomonidan ularga har oy maosh va nafaqalar beriladi. Davlat o‘z oldida turgan ana shunday majburiyatlarni to‘la bajarishi uchun o‘tgan vaqt davomida qo‘shilgan qiymat solig‘ini 20 foizda ushlab turishga to‘g‘ri keldi.

    O‘tgan yilgi soliq konsepsiyasida 2019-yil 1-yanvardan ish haqi fondiga bo‘lgan soliq yukini kamaytirish ko‘zda tutilgandi. Natijada ushbu sanadan boshlab jismoniy shaxslarning daromad solig‘i 22 foizdan yagona 12 foizga tushirildi. Sakkiz foizlik ish haqidan sug‘urta badali olish umuman bekor qilindi. Bu bir qaraganda, budjetga tushumning sezilarli kamayishiga olib kelishini anglatadi. Shu bois mutaxassislar bu o‘zgarishni katta tavakkal, deya baholagandi.

    Ammo tadbirkorlar yaratilgan soliq imtiyozlaridan oqilona foydalanib, o‘z faoliyatini yanada jonlantirdi. Buning natijasida jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining davlat budjetiga tushumi ikki baravarga ortishi kuzatildi. Yilning birinchi yarmida qo‘shimcha 571 ming soliq to‘lovchi aniqlandi. Daromad solig‘i davlat budjetini shakllantiruvchi uchinchi soliq turi ekanini inobatga olsak, bu muhim ahamiyatga ega ekani oydinlashadi.

    Ayni shu natijalar qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasini pasaytirish qarorini qabul qilishga turtki bo‘ldi. Biz 15 foizlik stavkani 2020-yil 1-yanvardan joriy etish taklifini ilgari surgandik. Ammo davlat rahbari bu amaliyotni 1-oktabrdan joriy qilish va iqtisodiyotda biznes uchun yengilliklar yaratish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

    Qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasining tushirilishi natijasida respublika miqyosida xo‘jalik yurituvchi subyektlar ixtiyorida 10 trillion so‘mdan ortiq aylanma mablag‘ tejab qolinadi.

    Qayd etish joizki, shu kungacha nazorat-kassa apparatlari xotirasiga yozilgan formulaga muvofiq, xarid qilingan mahsulotlar uchun 20 foizlik qo‘shilgan qiymat solig‘i saqlab qolinardi. 1-oktabrdan bu amaliyot 15 foiz etib belgilangani bois nazorat-kassa apparatlarini qayta tizimlash zarurati tug‘iladi. Muddati tugamagan shartnomalarga esa tuzatish kiritiladi. Shuningdek, biznes subyektlari imzolagan har bir shartnomani qayta inventarizatsiya qilishi kerak.

    Farmonga muvofiq, yagona ijtimoiy to‘lov stavkasi 25 foizdan 12 foizga tushirildi. Bu yildan boshlab yagona ijtimoiy to‘lov Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi daromadini shakllantiruvchi asosiy to‘lov manbai hisoblanadi. Shu bois yil boshidan mehnat haqiga soliq yukini kamaytirish jarayonida yagona ijtimoiy to‘lovni saqlab qolish va ulardan tushadigan tushumlarni keskin xavf ostiga qoldirmaslik maqsadida ustav kapitalida davlat ulushi bo‘lgan korxonalar uchun avvalgi 25 foizlik stavka saqlab qolingan edi. Qolgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar uchun ushbu raqamlar 12 foizgacha kamaytirildi. Hozirgi kunda mamlakatda davlat ulushi bo‘lgan 4 ming 609 korxona mavjud. Ularda qariyb 665 mingga yaqin kishi ish bilan band. Yangi amaliyot sabab ular hisobida 2,7 trillion so‘m mablag‘ jamg‘arib qolinadi. Shu tariqa korxona o‘z faoliyatini rivojlantirish, xodimlarga qo‘shimcha maosh to‘lash imkoniga ega bo‘ladi.

    Shu kunga qadar tadbirkor topgan daromadi haqidagi ma’lumotlarni soliq idoralariga taqdim etmagan taqdirda, soliq kodeksiga ko‘ra, ular mablag‘larining bankda aylanishiga chek qo‘yilardi. Bunday vaziyatda tadbirkor soliq idoralariga murojaat qilmasa, taqiq belgilanmagan muddatgacha davom etardi.

    Hozirgi kunda 18 mingdan ortiq xo‘jalik yurituvchi subyektning bankdagi amaliyotlari to‘xtatilgan. Bu iqtisodiyotda pul mablag‘larining harakatlanishiga chek qo‘yish demakdir.

    Prezident farmoni bilan endilikda soliq idoralari va tadbirkor o‘zaro hamkorlikda ishlashi belgilandi. Shunda ham tadbirkor daromadlarini yashirishda davom etsa, oxirgi chora sifatida cheklov belgilanadi va bu muddat 30 kundan ortiqni tashkil qilmaydi.

    01.10.2019, 19:26   Izoh (0)   29660
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Farg‘onada badaniga 2 kg “gashish”ni bog‘lab mamlakatga olib kirmoqchi bo‘lgan fuqaro qo‘lga tushdi

    01.10.2019, 18:46

    Shavkat Mirziyoyev qarori bilan “Barkamol avlod” bolalar maktablari tashkil qilindi

    01.10.2019, 17:44

    Laziz Qudratov Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi

    01.10.2019, 16:44

    To‘yga ketaverishda boshqalar hayotiga xavf solgan Nexia va Spark haydovchisi jarimaga tortildi (video)

    01.10.2019, 15:45

    Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz Shuhrat G‘aniyevga berilgan sinov muddati boshqa mansabdor shaxslar uchun ham ibrat bo‘lishini ma’lum qildi

    01.10.2019, 14:52

    Bosh prokuratura Andijondagi xususiy maktabda ommaviy zaharlanish bo‘yicha ma’lumot berdi

    01.10.2019, 12:35
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda nevrologiya sohasida yangi loyihaga start berildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:05

    Kongo harbiy prokurori sobiq prezident Kabilaga o‘lim jazosi berilishini talab qilmoqda

    Dunyo | 23 avgust, 15:45

    O‘zbekiston terma jamoasining CAFA Nations Cup-2025 turniri uchun kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi (foto)

    Sport | 23 avgust, 15:37

    Foto: yovvoyi tabiatdagi jonivorlarning eng kulgili suratlari

    Layfstayl | 23 avgust, 15:20

    Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan 8 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 15:00

    Sun’iy intellekt insonlarda psixoz keltirib chiqarishi mumkin

    Layfstayl | 23 avgust, 14:40

    Janubiy Koreya harbiy kuchlari KXDR chegarasida ogohlantiruvchi o‘t ochdi

    Dunyo | 23 avgust, 14:20

    Navoiyda soliqchilar tomonidan noqonuniy undirilgan 2 mlrd so‘m tadbirkorga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 14:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.