• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Chegaradagi qonunbuzarlik yoki “zo‘rovonlar”ning tanobini kim tortadi?

    Turkiy xalqlar bir ildizdan o‘sib chiqqan ulkan daraxtga o‘xshaydi. Shu daraxtning yer yuziga keng soya beradigan ikki yirik shoxlaridan biri qozoq xalqi bo‘lsa, boshqasi o‘zbek xalqidir. Bir teran tomirdan suv ichgan ikki xalqning keng va chuqur ma’noli madaniyati, urf-odatlari, qadriyatlari bir-biriga tutash, o‘zaro hamohang va uyg‘un. Birgina “Alpomish” dostonini oladigan bo‘lsak, uning o‘zbekcha va qozoqcha talqinlari bo‘lib, ikkisi ham kitobsevarlarga zavq, mardlik, matonat va bag‘rikenglik tuyg‘ularini singdiradi. Qardoshlik va birodarlik rishtalari asrlar osha qondoshlik, qarindoshlik, quda-andalikka ulanib ketgan, deb yozadi “Kun.uz”.

    Foto: “Kun.uz”

    Foto: “Kun.uz”

    Ayniqsa, keyingi yillarda O‘zbekiston va Qozog‘istonning do‘stlik va hamkorlik munosabatlari mustahkamlandi. Ikki davlatning madaniy aloqalari keng quloch yoydi, yanada ravnaq topdi. 2018-yilning Qozog‘iston Respublikasida O‘zbekiston yili, 2019-yili O‘zbekistonda Qozog‘iston yili deb e’lon qilingani ulkan tarixiy voqea bo‘lib, qardosh xalqlar o‘rtasidagi do‘stlikning mustakamlanishiga hissa qo‘shmoqda.

    Bir dengizga tutashgan daryolardan suv ichib, olis moziydan bugungi kungacha do‘st-qadrdon bo‘lib yashayotgan o‘zbek va qozoq xalqi birodarlik aloqalarining yanada mustahkamlanishi, davlatlararo munosabatlarning kengayishida davlat rahbarining Qozog‘istonga amaliy tashrifi davomida imzolanadigan bir qator hujjatlar, ikki mamlakat madaniyat kunlari doirasida o‘tkazilgan va o‘tkazilayotgan madaniy-ma’rifiy tadbirlar ikki xalq orasidagi do‘stlik aloqalarining barqaror bo‘lishida katta ahamiyat kasb etmoqda. Shuningdek, mamlakatlar o‘rtasida yaxshi qo‘shnichilik munosabatlari yanada mustahkamlanmoqda. Ayniqsa, chegaralardagi to‘siqlarning olib tashlanganligi, ikki davlat fuqarolarining bordi-keldilari belgilangan tartiblar asosida yo‘lga qo‘yilgani har ikkala tarafda yashovchi aholi uchun qulayliklar tug‘dirdi. Lekin so‘nggi paytlarda o‘zaro qo‘shnichilik aloqalari borasida ba’zi noxush holatlar sodir bo‘layotgani kishini ranjitadi.

    Foto: “Kun.uz”

    Foto: “Kun.uz”

    So‘nggi vaqtlarda Qozog‘iston Respublikasi, Turkiston viloyati, Maxtaorol tumanining “Atamaken” chegara bojxona postida korrupsiya, ta’magirlik va firibgarlik illatlari tobora ildiz otib bormoqda. Achinarlisi shundaki, ushbu illatlarning asosiy jabrdiydalari bevosita O‘zbekiston fuqarolari ekanligi haqida tezkor ma’lumotlar olinmoqda.

    Xususan, “Sirdaryo” chegara bojxona posti orqali harakatlanayotgan yo‘lovchilardan biri bilan o‘tkazilgan suhbat jarayonida salbiy holatni misol keltiramiz.

    Jumladan, joriy yilning avgust oyida Qozog‘istondan O‘zbekistonga o‘tish maqsadida “Sirdaryo” chegara bojxona postiga Nexia rusumli yengil avtotransport vositasini boshqarib kelgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi Sharapov Ulug‘bek (ismi o‘zgartirildi) bilan sodir bo‘lgan quyidagi holat kishini tashvishga soladi:

    Ma’lum bo‘lishicha, Ulug‘bek Sharapov Rossiya Federatsiyasining Orenburg shahrida oshpazlik hamda haydovchilik qilib pul topib keladi. U hozirda mehnat ta’tiliga chiqqanligi sababli o‘zining doimiy yashash manzili Surxondaryo viloyatining Denov tumaniga ketayotganida Qozog‘iston Respublikasining “Atamaken” chegara bojxona posti orqali o‘tish vaqtida bir qator sun’iy to‘siqlarga duch kelgan.

    Jumladan, Ulug‘bek Sharapov hamrohi bilan yuqorida qayd etilgan avtotransport vositasida Rossiya Federatsiyasining Orenburg shahridan yo‘lga chiqib, Qozog‘iston Respublikasi hududi orqali O‘zbekistonga o‘tish uchun Qozog‘iston Respublikasining “Atamaken” chegara bojxona posti darvozasi oldiga kelgan.

    Shu vaqtda chegara posti darvozasi oldida turgan qurollangan harbiy xizmatchining yonida fuqarolik kiyimida bo‘lgan va o‘zini “Chingiz” deb tanishtirgan, qozoq millatiga mansub, yoshi taxminan 25 lardagi yigit paydo bo‘lib, o‘z-o‘zidan “nega senlar beruxsat post darvozasi oldigacha kirib keldilaring” deb Ulug‘bek Sharapov va uning hamrohiga baqirib ketgan (haqorat qilgan). U.Sharapov chegara postidan o‘tish uchun kimdan ruxsat olish kerakligini so‘raganida, o‘zini “Chingiz” deb tanishtirgan shaxs “mendan so‘rashlaring kerak, choy pulini berasanlar, bo‘lmasa bu yerda senlarga yo‘l yo‘q, agar tegishli to‘lov bo‘lsa, men shu bugunning o‘zida sizlarni O‘zbekistonga o‘tkazib yuboraman” deb aytgan. So‘ngra ularni qo‘rqitib, aldab, avtomashinasi bilan birga o‘z uyiga olib ketgan.

    “Chingiz” o‘z uyida Ulug‘bek Sharapov va uning hamrohini hech qanday sabablarsiz urib-so‘kib, qo‘rqitib bir million so‘mdan ortiq pulini olib qo‘ygan va avtomashinani o‘z uyidan chiqarib yubormaslik chorasini ko‘rib, o‘zi esa uyidan chiqib ketgan.

    Shuningdek, Ulug‘bek Sharapov “Chingiz”ning uyiga borgan vaqtida uning hovlisida O‘zbekiston fuqarosiga tegishli Largus rusumli yengil avtomashina turganligini, ushbu avtomashina haydovchisini ham firibgarlik yo‘li bilan aldab, o‘z uyiga olib kelganligini va ularning 400 AQSh dollari miqdoridagi pullarini olib qo‘yib, so‘ngra uyidan chiqarib yuborgan ekan.

    Ulug‘bek Sharapov “Chingiz” uyda yo‘qligidan foydalanib, uning uyidan qochgan va “Atamaken” chegara bojxona postiga yetib borgan. Biroq, u yerda tasodifan yana “Chingiz”ga duch kelgan va unga yana qo‘shimcha 3000 Rossiya rublini (taxminan 390 000 so‘m) berib, ushbu chegara bojxona posti orqali O‘zbekistonga o‘tgan.

    “Atamaken” chegara bojxona postidan o‘tish uchun Ulug‘bek Sharapov “Chingiz” ismli o‘rtakashga taxminan 1 million 500 ming so‘m pulni “pora” sifatida bergan.

    Qozog‘iston Respublikasining “Atamaken” chegara bojxona postida xizmat olib borayotgan chegara va bojxona xodimlari, ushbu post hududida noqonuniy faoliyat olib borayotgan, “Chingiz”ga o‘xshagan “o‘rtakashlar”ga nisbatan hech qanday chora ko‘ra olmasliklari, “o‘rtakashlar” chegara o‘tkazish posti boshliqlariga ham buyruq ohangida gapirishlari, yuqorida qayd etilgan holatlar bo‘yicha fuqarolar o‘sha joydagi huquqni muhofaza qiluvchi idoralariga qilgan murojaatlari hech qanday natija bermagan.

    Shunga o‘xshash holatlarni tahlil qilish davomida Qozog‘iston Respublikasining barcha chegara o‘tkazish postlarida, shu jumladan, Rossiya va Xitoy davlatlari bilan chegaradosh bo‘lgan chegara postlarida ham mavjudligi ma’lum bo‘ldi. Ichki yo‘llardagi YPX postlarida ham so‘ralgan pul mablag‘i berilmasa, avtomashinada harakatlanishda muammolarga duch kelinishi, agarda “pora” (pul) berilsa hech qanday muammolar bo‘lmasligi aniqlandi.

    Bu kabi holatlarni qanday izohlash mumkin? O‘tgan yili ikki davlat (O‘zbekiston va Qozog‘iston respublikalari) rahbarlari o‘rtasidagi o‘zaro kelishuvga asosan, chegaralardan o‘tish to‘g‘risidagi belgilangan tartiblarga ko‘ra, fuqarolarning hech qanday muammosiz qo‘shni davlatga o‘tishlari va qaytishlari uchun imkoniyat yaratilganligi barchaga ma’lum. Lekin mavjud qonunlarni, chegaradan o‘tish tartib-qoidalarni mensimagan, unga amal qilmagan, ayrim kimsalar o‘zlarining noqonuniy harakatlari oqibatida yuqoridagi kabi yuz bergan salbiy holatlar fuqarolarda norozilik uyg‘otishi, mamlakatlar orasidagi do‘stona aloqalar va o‘zaro hamjihatlikka rahna solishi mumkinligi haqida o‘ylab ko‘rishsa, ayni muddao bo‘lar edi.

    29.09.2019, 22:25   Izoh (0)   50686
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyevdan yordam so‘ragan bemorning videomurojaatiga Surxondaryo viloyat hokimligi munosabat bildirdi (video)

    29.09.2019, 19:18

    Toshkent jahonning havosi eng iflos shaharlari reytingida 2-o‘rinni egalladi. “O‘zgidromet” ushbu ma’lumotga munosabat bildirdi 

    29.09.2019, 14:18

    O‘zbekistonda 2019-yilda salkam 3 mlrd so‘mlik import mahsulotining talabga javob bermasligi aniqlandi

    29.09.2019, 13:55

    “O‘zstandart” elektrotexnika importini cheklash taklifi yuzasidan tushuntirish berdi

    29.09.2019, 13:10

    MIB Andijonda gazdan noqonuniy foydalanib, davlat budjetiga 4 milliarddan ortiq miqdorda zarar yetkazganlik holatini aniqladi

    29.09.2019, 12:23

    “O‘zstandart”: Xorijda ishlab chiqarilgan tovarlarda davlat tilidagi tamg‘a yo‘qligi iste’molchilar huquqlari poymol qilinishiga olib keladi

    29.09.2019, 11:39
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.