• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12586.41
    • RUB160.42
    • EUR14758.82
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Buxoroda 10-Xalqaro Ibn Sino ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi

    Buxoroda 20—21-sentabr kunlari “Abu Ali Ibn Sino va zamonaviy tibbiyot” mavzusida X Xalqaro Ibn Sino o‘qishlari ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazildi. Sakkizta davlatdan, jumladan, Rossiya, Isroil, Qirg‘iziston, Hindiston, Bangladesh, Ozarbayjon, Tojikiston, Germaniya davlatlaridan taniqli olimlar tashrif buyurdi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Anjumanning birinchi kunida Buxoroga tashrif buyurgan mehmonlarning Abu Ali ibn Sino nomidagi memorial-muzeyiga sayohati uyushtirildi.

    – Abu Ali ibn Sino merosi ezgulikka, yer yuzidagi barcha insonlarning salomatligiga xizmat qilayotgan ekan, demak, u umumbashar farzandi, buyuk siymodir, – dedi Isroilning “Avitsenna” Xalqaro jamg‘armasi prezidenti, professor Mixael Yurevich Sach. – Har yili buyuk tibbiyot ustozi merosini o‘rganishga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy anjumanni orziqib kutaman va Buxoroyi sharifga oshiqaman. Ulug‘ olim tug‘ilgan Afshona qishlog‘ida bo‘lganimizdan benihoya xursandmiz. Bu yerdagi muzeyni tomosha qilib, o‘zbek xalqining Ibn Sino xotirasiga bo‘lgan mehr-muhabbatini, uning merosini ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylashini ko‘rib, tahsinlar aytamiz.

    Shu kuni Buxoro Yoshlar markazida matbuot anjumani o‘tkazildi. Bunda Ibn Sino jamoat fondi boshqaruvi raisi Nozimxon Mahmudov, akademik Abdukarim Usmonxo‘jayev, Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori Amrillo Inoyatov, xorijiy mehmonlar hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

    Ma’lumotga ko‘ra, bugunga qadar Hindiston kutubxonalarida Ibn Sino merosiga oid 25 mingta kitob va 17 mingta jurnal saqlab kelinmoqda. Jurnalistlar bilan uchrashuvda ayni kunlarda ulardan O‘zbekistonga nusxalar hamda qo‘lyozmalar olib kelish choralari belgilanayotgani xususida so‘z bordi.

    Matbuot anjumanida so‘ngida Ibn Sino jamoat fondi hamda Abu Ali ibn Sino nomidagi Toshkent Stomatologiya instituti o‘rtasida hamkorlik bitimi imzolandi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Ilmiy-amaliy anjumanning ikkinchi kunida uchrashuvlar “Tibbiyotga chet el sarmoyasi va nou-xaular”, “Zamonaviy tibbiyotning dolzarb muammolari”, “O‘zbekiston Respublikasida xalq tabobatini huquqiy tartibga solish va rivojlantirish asoslari”, “Farmatsevtika fani rivojida Ibn Sino hissasi”, “Ibn Sino sog‘lom ovqatlanish ta’limoti asoschisi” deya nomlangan sektorlarga bo‘lingan holda davom ettirildi.

    Germaniyalik tibbiyot fanlari doktori, professorlar Muhammad Adam hamda Amina Atxer, hindistonlik Abdur Rauf, Bangladeshdan tashrif buyurgan professor Jannat Orakatul, shuningdek, Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti kafedra mudiri Mirza G‘ofur Oxunov va boshqalar tadbir dasturiga muvofiq, o‘ndan ortiq uchrashuv, ilmiy-uslubiy anjuman va mahorat darslarini o‘tdi.

    — Markaziy Osiyo xalqlari madaniyatini O‘rta asr sharoitida dunyo madaniyatining oldingi qatoriga olib chiqqan buyuk mutafakkirlardan biri Abu Ali ibn Sino, ma’lumki, Yevropada Avitsenna nomi bilan mashhur. O‘tkir zehni, takrorlanmas iste’dodi bilan ilm-fanni chuqur o‘rganishga, o‘zining falsafiy aql nazariyasi bilan dunyoni hayratda qoldirgan buyuk daho tug‘ilib o‘sgan bebaho tuproqni ziyorat aylamak biz uchun ham sharaf, ham quvonchdir, — dedi hindistonlik professor va doktor Said Rahmon Zillur.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Kunning ikkinchi yarmida anjuman doirasida tibbiyot fanlari professorlari, isroillik Mixael Sach hamda hindistonlik Said Rahman Zillurga Buxoro davlat Tibbiyot institutining faxriy doktorlik unvonlari va oltin medallari topshirildi.

    22.09.2019, 17:11   Izoh (0)   12409
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Foto: Toshkentda “Avtomobilsiz kun”

    22.09.2019, 16:32

    Navoiyda Afg‘onistonda yashayotgan etnik o‘zbeklar uchun kitob yig‘ildi

    22.09.2019, 16:10

    Qoraqalpog‘istonga navbatdagi “Salomatlik” poyezdi yuborildi

    22.09.2019, 15:12

    Yangiyerda ammiak va karbamid ishlab chiqaradigan kimyoviy kompleks quriladi

    22.09.2019, 14:11

    “Buxoro” temiryo‘l vokzalida shartli terrorchilar qo‘lga olindi (foto)

    22.09.2019, 13:31

    Saudiya Arabistoni kompaniyasi O‘zbekistonda issiqlik va shamol elektr stansiyalari quradi

    22.09.2019, 13:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    Click & Smart Business (sobiq UZKASSA): biznes muvaffaqiyati va mijozlar qulayligi uchun hamkorlik


    Toshkent shahar hokimligi ko‘magida 2025-yil 2-4-oktyabr kunlari CAEx HoReCa & UzFPT ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Anorbank va Beelab O‘zbekiston raqamli banking bozorida hamkorlik o‘rnatdi


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekiston Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi doirasida joriy etilgan “Chegara bilmaydigan ish” integratsiyalashgan platformasiga qo‘shilishi mumkin

    O‘zbekiston | 27 iyun, 17:09

    Toshkentda daraxtlarning raqamli reyestrini yaratish boshlandi

    O‘zbekiston | 27 iyun, 17:00

    Jeff Bezos mehmonlardan to‘y sovg‘asi o‘rniga Venetsiyaga xayriya qilishni so‘radi

    Layfstayl | 27 iyun, 16:50

    Isroil blokadasi tufayli G‘azoda kasalliklar avj olgan — BMT

    Dunyo | 27 iyun, 16:40

    Sherdor madrasasi sirlari

    O‘zbekiston | 27 iyun, 16:30

    “Biz Xomanaiyni yo‘q qilmoqchi edik” — Isroil mudofaa vaziri

    Dunyo | 27 iyun, 16:30

    O‘zbekistonda dam olish kunlari yoz uchun nisbatan qulay ob-havo bo‘ladi

    O‘zbekiston | 27 iyun, 16:25

    O‘zbekistonda dollar kursi qatorasiga to‘rtinchi kun ko‘tarildi

    O‘zbekiston | 27 iyun, 16:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.