O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 17-sentabrdagi tegishli qaroriga muvofiq Ulug‘bek A’zamov Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda qo‘mita axborot xizmati xabar berdi.
Ulug‘bek A’zamov 1981-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, millati o‘zbek, ma’lumoti oliy, 2002-yilda Buyuk Britaniyaning Surrey universitetini “Xalqaro turizm menejmenti va mehmondo‘stlik” yo‘nalishi bo‘yicha tamomlagan.
Tayinlovga qadar Ulug‘bek A’zamov O‘zbekistonning Turkiyadagi elchixonasining savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi lavozimida faoliyat yuritib kelgan.
Izoh (0)