UFC promousheni vazn kategoriyasidan qat’i nazar jangchilarning yangilangan reytingini e’lon qildi.
7-sentabr kuni Dastin Poryeni yengib, chempionlikni himoya qilgan yengil vazn toifasi vakili Habib Nurmagomedov reytingning ikkinchi pog‘onasidan o‘rin oldi. Birinchi o‘rin esa yarim og‘ir vazn toifasi chempioni Jon Jonsda qoldi.
Uchinchi o‘rindan esa ikki diviziondagi chempion Genri Sehudo o‘rin egalladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Habib o‘zini reytingning birinchi o‘ringa loyiq ish qilganini ta’kidlagandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)