Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining sobiq o‘rinbosari — Diniy-ijtimoiy jarayonlarni o‘rganish axborot-tahlil markazi direktori Nuriymon Abulhasan yangi lavozimda ish boshladi.
IIV Jamoatchilik va OAV bilan ishlash boshqarmasining xabar berishicha, podpolkovnik Nuriymon Abulhasan Ichki ishlar vazirining buyrug‘i bilan IIV Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bosh boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Eslatib o‘tamiz, Nuriymon Abdulhasan avgust oyining oxirida din ishlari bo‘yicha qo‘mitadagi lavozimidan ozod etilgan edi. Uning o‘rniga DXXdan Dilshod Eshnayev tayinlangandi.
Izoh (0)