Ispaniyalik hujumchi Fernando Lyorente faoliyatini “Napoli”da davom ettiradi. Bu haqda neapolliklar rasmiy saytida ma’lum qilindi.
O‘tgan mavsum yakunida 34 yoshli futbolchining “Tottenhem” bilan amaldagi shartnoma yakunlangandi. Lyorente erkin agent maqomida “Napoli”ga safiga qo‘shilgan.
Fernandoga Italiya chempionati begona emas, u 2013—2015-yillar mobaynida “Yuventus”da faoliyat yuritgan. Shuningdek, futbolchi “Atletik”, “Sevilya” va “Suonsi”da ham o‘ynagan.
O‘tgan mavsum Lyorente “Tottenhem” safida 35 ta o‘yin o‘tkazib, 8 ta golga muallif bo‘ldi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)