25-avgust kuni Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida yashovchi 51 yoshli B.L. “Guliston” mahallasida yashovchi 27 yoshli A.B.ning uyida gaz trubasini kesayotgan vaqtida ehtiyotsizligi oqibatida chaqnash sodir bo‘lgan, deb xabar beradi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi.
Hodisa oqibatida B.L. va A.B. kuyish jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan.
Surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.
Izoh (0)