AQShning Alabama shtati Mobil shahridagi stadionda maktab futbol jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan so‘ng yuz bergan otishma oqibatida kamida 10 kishi jabrlandi. CNN’ning xabar berishicha, jabrlanuvchilarning bari 15—18 yosh oralig‘idagi o‘smirlar.
Fox News’ning aniqlik kiritishicha, olti kishi o‘qotar quroldan yaralangan, qolgan to‘rt kishi esa boshqa ko‘rinishda shikastlangan. Besh kishining ahvoli og‘ir deb baholanmoqda, biroq ularning hayoti xavf ostida emas.
Politsiya ikki kishini so‘roq uchun qo‘lga olgan, biroq bu aynan otishma bilan bog‘liqmi yo yo‘q, hozircha noma’lum, deb yozadi Meduza.
Izoh (0)