Bortida muhojirlar bo‘lgan kema Liviya sohillarida cho‘kib ketdi. Bu haqda “Korrespondent.net” BMTning Qochoqlar ishlari bo‘yicha Oliy komissarligi idorasi vakiliga tayanib xabar berdi.

Foto: Google Images

Rahbariyatda mavjud bo‘lgan ma’lumotlarga ko‘ra, tabiiy ofat natijasida ko‘plab qurbonlar bor. Taxminan 60 kishi qutqarilgan.

Foto: Getty Images

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qochqinlar ishlari bo‘yicha Oliy Komissarligi idorasi vakili Charli Yaxley o‘zining Twitter’dagi rasmiy sahifasida xabar berishicha, halokat natijasida kamida 40 kishi halok bo‘lgan yoki bedarak yo‘qolgan.

Shuningdek, Xalqaro Migratsiya Tashkilotining Liviya bo‘limi Twitter’da ma’lum qilishicha, qurbonlar orasida bolalar ham bo‘lgan: “Shuningdek, bir necha murda, jumladan, bolalarning jasadlari ham suvdan chiqarildi”.

Yaxley Liviya qirg‘oqlarida sodir bo‘lgan fojiali voqea tafsilotlari hali aniqlanmaganligini qo‘shimcha qildi. Kema halokati joyiga qutqaruvchilar yetib kelgan. Halokat sabablarini aniqlash uchun tirik qolganlar bilan suhbat o‘tkazilmoqda.