AQSh prezidenti Donald Tramp Milliy xavfsizlik kengashining yopiq brifinglarida bir necha bor bo‘ronlarga qarshi kurashishda yadroviy bombalardan foydalanishni taklif qilgan. Bu haqda shu turdagi yig‘ilishlarda ishtirok etgan manbaga tayanib, “TASS” xabar berdi.
Bo‘ronlarga bag‘ishlangan brifinglardan birida Tramp nega tabiiy ofatga yadroviy zarba berib bo‘lmasligi bilan qiziqqan, “Bo‘ronlar Afrika qirg‘oqlarida shakllanib, Atlantika orqali harakatlanmoqda, biz uning qoq markaziga zarba berib, bo‘ronni tarqatib yuboramiz. Nega bunday qila olmaymiz?”, — degan prezident.
Yig‘ilish ishtirokchilaridan biri Oq uy rahbarining fikrini qo‘llab-quvvatlagan: “Janob, biz buni ko‘rib chiqamiz”. Qolgan ishtirokchilar esa prezidentning taklifidan xayratga tushgan.
Ushbu ma’lumotga Oq uy quyidagicha izoh bergan: “Biz prezidentning milliy xavfsizlik bo‘yicha jamoasi bilan o‘tkazgan yoki o‘tkazmagan shaxsiy muloqotlariga izoh bermaymiz”. Ta’kidlashicha, prezidentning g‘oyasi amalga oshmagan.
Izoh (0)