Isroil aviatsiyasi G‘azo sektorini nazorat qiluvchi XAMAS harakati jangarilari joylashgan bazaga hujum uyushtirdi, deb xabar berdi “RIA Novosti”.
25-avgust kuni kechasi harbiylar Isroil chegarasi yaqinidagi aholi punktlariga, jumladan, Sderot shahri tomon uchirilgan uchta raketaning ikkitasi ushlab qolinganini ma’lum qilgan.
“Bunga javoban Isroil mudofaa armiyasining jangovar samolyotlari G‘azo sektorining shimoliy qismidagi XAMASning bir qancha bazalariga, xususan, XAMAS batalyoni komanidirining ofisiga hujum uyushtirdi”, — deyiladi xabarda.
Falastin tomonidan jarohat olganlar haqida hech qanday ma’lumotlar yo‘q.
Izoh (0)