Rossiyalik deputat Aleksandr Sherin o‘lim jazosiga qo‘yilgan moratoriyni olib tashlash zarurligi haqidagi fikrga qo‘shilishini bildirdi, deb yozadi “Podyom” Telegram kanali.
“Mamlakatimizga Yevropani targ‘ib qilayotgan soxta insoniy qadriyatlar ostida qo‘yilgan barcha narsalar davlatimizning yo‘q bo‘lib ketishi uchun ataylab amalga oshiriladi. O‘lim jazosiga moratoriy Rossiya Federatsiyasini yo‘q qiladi”, — deydi deputat.
Shu bilan birga deputat ushbu masalani ko‘rib chiqish tashabbusini ilgari surishdan bosh tortdi, chunki bu “Mamlakatimiz prezidentining masalasi” dedi u.
Sherinning fikriga ko‘ra, kamida bir necha kishini o‘ldirgan jinoyatchilar oliy jazoga hukm qilinishi kerak.
“O‘rta Osiyodan kelib, emizikli bolaning boshini tanasidan judo qilgan ayolni eslaysizmi? (Gap enaga Gulchehra Boboqulova haqida ketmoqda). U qo‘lga olinish chog‘ida otib tashlanishi kerak edi. Afsuski, huquq-tartibot organlari xodimlaridan hech biri bu ishni qilmadi”, — deydi deputat.
Izoh (0)