Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II Avstraliya bosh vaziri Skott Morrisonga maysazorini rasvo etgan AQSh prezidenti Donald Tramp ustidan shikoyat qildi.
Qirolichaga ko‘ra, iyun oyidagi tashrifi chog‘ida Trampning ikki vertolyoti to‘g‘ri Bukingem saroyi qarshisidagi maysazorga qo‘ngan. Bu yerda dvigatellar izi va kuyish alomatlari qolgan.
“Maysazorimga qara. Rasvo bo‘ldi-qoldi”, — deya mutoyiba qilgan Yelizaveta II.
Izoh (0)