AQShning Kolumbiya shahridagi (Merilend shtati) savdo markazi gaz portlashi tufayli qisman qulab tushdi.
Gaz sizishi 25-avgust kuni tonggi 7:00 atrofida ro‘y bergan. Voqea joyiga kelgan o‘t o‘chiruvchilar va qutqaruvchilar markaz va unga qo‘shni binolardan odamlarni evakuatsiya qilgan.
Oradan bir soat o‘tib portlash yuz bergan. Hozirda binoning to‘liq qulab tushish xavfi mavjud.
Hodisa oqibatida qurbonlar va jabrlanganlar bo‘lmadi.
Izoh (0)