AQSh, Kanada va Norvegiya harbiylari 26—30-avgust kunlari Rossiya uzra kuzatuv parvozini amalga oshiradi. Bu haqda Yadroviy xavfni kamaytirish markazi boshlig‘i Sergey Rijkovga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.
“26—30-avgust kunlari Ochiq osmon xalqaro shartnomasining ijrosi doirasida Norvegiya, Kanada va AQSh hamkorlikdagi missiya Shvetsiyaning CAAB-340 samolyoti orqali Rossiya hududi bo‘ylab kuzatuv parvozini amalga oshiradi”, — deydi Rijkov.
Rossiyalik harbiylar samolyot bortidan turib parvoz va ruxsat berilgan apparatlardan foydalanilishini nazorat qiladi.
Ochiq osmon bo‘yicha shartnoma 1992-yilda imzolangan bo‘lib, 2002-yildan buyon amalda va unga a’zo davlatlarga bir-birining qurolli kuchlari va tadbirlari haqida ochiq ma’lumot yig‘ish imkoniyatini beradi.
Bundan tashqari 26—29-avgust kunlari 2011-yilda imzolangan Vena hujjatining ijrosi doirasida Rossiya Litva hududida inpeksiya o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Inspeksiya harbiy faoliyatning bor yoki yo‘qligini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi.
Izoh (0)