25-avgust, yakshaba kuni Yaponiya poytaxti Tokio shahrida dzyudo bo‘yicha Jahon Chempionati boshlandi.

Foto: MOQ

Musobaqaning birinchi kunida o‘zbekistonlik kurashchilar dastlabki medalni qo‘lga kiritdi. 60 kilogramma vazn toifasida finalga yo‘l olgan Sharofiddin Lutfullayev hal qiluvchi bahsda gruziyalik Luhumi Chxvimiamiga imkoniyatni boy berib qo‘ydi va kumush medalga sazovor bo‘ldi.

Shuningdek, Lutfullayev Tokio–2020 Olimpiadasi reytingi uchun 1400 ochko ishladi.

Yanada ko‘proq dzyudo va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!