Oliy Majlis Senati 24-avgust, shanba kuni 21-yalpi majlisda O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasining yangi a’zolarini sayladi, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz”.
Quyidagilar MSKning yangi a’zolari bo‘ldi:
- “Hunarmand” uyushmasining Surxondaryo viloyat boshqarmasi boshlig‘i Muhayyo Jo‘rayeva;
- Moliya vazirligi Davlat moliyaviy nazorat departamenti bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari Adham Ibodullayev;
- Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining ilm-fan va innovatsiya bo‘yicha prorektori Gulnoza Ismoilova;
- Namangan davlat universitetining yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori Alisher Isoqboyev;
- Buxoro viloyat tibbiy diagnostika markazi direktori Iroda Kenjayeva;
- Farg‘ona viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengash apparati yuridik bo‘limi mudiri Orzigul Qozixonova;
- Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori, Xalqaro press-klub raisi Sherzodxon Qudratxo‘jayev;
- Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazi direktorining o‘quv-metodik va ilmiy ishlar bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Xudoyor Mamatov;
- Andijon viloyat hokimiyatining tashkiliy-nazorat guruhi bosh mutaxassisi Bahodirjon Yunusov.
Eslatib o‘tamiz, 2019-yilning dekabrida O‘zbekiston parlamenti va mahalliy vakillik organlariga saylovlar bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)