• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “O‘zbekiston — buyuk yo‘llar va sivilizatsiyalar chorrahasi: imperiya, din, madaniyat” haftaligi tantanali ochildi

    22-avgust, payshanba kuni Toshkent shahrida “O‘zbekiston — buyuk yo‘llar va sivilizatsiyalar chorrahasi: imperiya, din, madaniyat mavzusidagi meros haftaligi”ga start berildi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati xabar qildi.

    Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmat

    Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmat

    Unda O‘zbekiston Respublikasi bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov, O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish Butunjahon jamiyati raisi Firdavs Abduholiqov, UNESCO’ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari v.b. Fuad Pashayev, O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va targ‘ib etish bo‘yicha Butunjahon jamiyati Ilmiy kengashi a’zosi Frederik Starr, Fanlar Akademiyasi prezidenti Behzod Yo‘ldoshev hamda akademik Edvard Rtveladzelar so‘zga chiqdi.

    Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmat

    Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmat

    Haftalikni O‘zbekiston Respublikasi bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov ochib berdi: “Bugun O‘zbekiston ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida yangilanish davrini boshdan kechirmoqda. Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbuslari bilan amalga oshirilayotgan islohotlar mamlakatimizning butun dunyoga ochilishi uchun barcha sharoitlarni yaratmoqda. Jahon ham, o‘z o‘rnida, O‘zbekistonga yuz tutmoqda. Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston xorijliklarda nafaqat o‘zining jahon e’tirof etayotgan turistik salohiyati, balki biznes yuritish uchun mavjud imkoniyatlari hamda boy madaniy merosi bilan ham qiziqish uyg‘otmoqda. Boshlanayotgan Madaniy meros haftaligimiz bizning hamkorlikdagi mehnatimiz samarasi bo‘ladi. Unda davlat tashkilotlari va diplomatik korpus vakillari bilan bir qatorda xorijiy mamlakatlardan tashrif buyurgan ilmiy tashkilotlar va xalqaro fondlar vakillari ham ishtirok etmoqda. Fursatdan foydalanib, 26-avgust kuni Samarqanddagi madaniy merosni asrash va rivojlantirish muammolariga bag‘ishlangan konferensiyada ishtirok etayotgan bosh kotib Odri Ozule xonim boshchiligida UNESCO tashkilotiga minnatdorchilik bildiraman. Shuni alohida qayd etishni istardimki, O‘zbekiston UNESCO bilan mamlakat kesimidagi dasturni yuritayotgan yagona mamlakat hisoblanadi”.

    Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmat

    Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmat

    O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish Butunjahon jamiyati raisi Firdavs Abduholiqovning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda madaniy merosni saqlash va ommalashtirish yo‘lida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. “O‘zbekistondagi islohotlar samarasi o‘laroq yaratilayotgan sharoitlar, shuningdek, davlat va jamoatchilik tashkilotlari hamda ijtimoiy biznes vakillarining bir g‘oyada birlashishi bu kabi dunyoda yagona loyihani amalga oshirish imkonini beradi. Bu nafaqat olimlar uchun ilmiy material bo‘lib xizmat qiladi, balki yosh avlod uchun o‘ziga xos ma’naviy oziqa hamdir”, — deydi u.

    Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmat

    Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmat

    Shu bilan birga, akademik Edvard Rtveladze dunyoning yetakchi institutlari, universitetlari, ilmiy markazlari hamda fanlar akademiyalari bilan ilmiy hamkorlikni rivojlantirish kerakligiga e’tibor qaratdi. Ilf-fan va olimlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bugungi kunning ustuvor vazifalaridan biri bo‘lib, hukumatning qator hujjatlarida o‘z aksini topgani, milliy madaniy merosni saqlash masalasi esa davlat rahbarining diqqat markazida ekani qayd etildi. “Aynan shu e’tibor va tegishli sharoitlarning yaratilishi — loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirishning garovidir”, — xulosa qildi u.

    Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmat

    Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmat

    Xuddi shu kuni O‘zbekistonning jahon kolleksiyalarida saqlanayotgan hamda O‘zbekiston muzeylaridagi madaniy merosga bag‘ishlangan 20 ta yangi albom-kitob taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Ularning bari jahonning nufuzli olimlari, tadqiqotchilari, taniqli muzeylar vakillari hamda noyob kolleksiyalar egalari tomonidan o‘tkazildi. Bu albomlarning o‘ziga xosligi ularda eng yangi texnologiyalarning qo‘llanganligida — kitoblar to‘ldirilgan reallik effektiga ega bo‘lib, ular O‘zbekistondagi birinchi shunday kitoblar hisoblanadi. Shuningdek, O‘zbekistonning madaniy merosiga bag‘ishlangan hujjatli filmlar taqdimoti ham yig‘ilganlarni befarq qoldirmadi. Bundan tashqari, O‘zbekiston Tasviriy san’at galereyasida o‘tkazilgan “Kushonlar xazinasi” hamda Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida noyob qadimiy qo‘lyozmalarga bag‘ishlangan ko‘rgazma bo‘lib o‘tdi.

    Kun davomida o‘tkazilgan barcha tadbirlar mehmonlarda katta taassurot qoldirdi, ularning bari so‘nggi yillarda O‘zbekistonda Prezident boshchiligida olib borilayotgan islohotlar amalda yaqqol samara berayotganini ta’kidladi.

    22.08.2019, 23:18   Izoh (0)   19013
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Jizzax, Namangan, Sirdaryo va Xorazmda 32 ta mikroGES qurilishi maqsadga muvofiq emas deb topildi

    22.08.2019, 22:50

    O‘zbekistonda xorijiy tillarga ixtisoslashgan 39 ta maktab tashkil etiladi

    22.08.2019, 22:37

    Toshkentdagi temir yo‘l vokzalida xorijga yo‘l olayotgan migrantlarga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatildi (video)

    22.08.2019, 22:22

    Sirdaryoda foydalanilmayotgan 1200 gektardan oshiq yer xorijiy korxonaga beriladi

    22.08.2019, 22:10

    Andijonda ustiga benzin sepilgan shifokor, bir kunda 15 mln dollar sotib olgan o‘zbekistonliklar, istirohat bog‘laridagi xavfli attraksionlar va kunning boshqa xab...

    22.08.2019, 21:57

    Operatsiyadan so‘ng ko‘zi ko‘r, oyoq-qo‘llari ishlamay qolgan qizaloq: u yaxshilar yordamiga juda ham muhtoj!

    22.08.2019, 20:53
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiya mamlakatning uchinchi eng yirik oltin ishlab chiqaruvchisini milliylashtirdi

    Dunyo | 13 iyul, 10:38

    Farg‘onada fuqaro o‘z tanishini Gentra’da qasddan urib, o‘ldirib qo‘ydi

    O‘zbekiston | 13 iyul, 10:14

    O‘zbekistonning olis va chekka hududlarida xorijiy tillar bo‘yicha o‘quv markazi ochadigan yoshlarga foizsiz qarz beriladi

    O‘zbekiston | 13 iyul, 09:32

    Salomatlik haqidagi zamonaviy tibbiyot allaqachon inkor qilgan yanglish fikrlar

    Salomatlik | 13 iyul, 08:39

    Putin Eronni yashirincha uranni boyitishdan voz kechishga chaqirdi

    Dunyo | 13 iyul, 08:25

    O‘zbekistonda muomalaga chiqarilgan bank kartalari soni keskin o‘sdi

    Iqtisodiyot | 13 iyul, 08:00

    AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

    Dunyo | 12 iyul, 23:50

    “Hech kimdan qo‘rqmayman” — Toshkentda tadbirkor bolalar maydonini egallab oldi, aholi norozi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:37

    “Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:27
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.