Sirdaryo viloyatida qishloq xo‘jaligi ekin yerlaridan yanada samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida hukumat qarori qabul qilindi.
Qarorda Sirdaryo viloyatida aniqlangan umumiy 19 238 gektar foydalanilmayotgan qishloq xo‘jaligi yer maydonining 5 852 gektari fermer va qishloq xo‘jaligi korxonalariga, 1259 gektar “Indorama agro” MCHJ xorijiy korxonasiga, 461 gektar parrandachalik va boshqa tarmoqlar uchun tadbirkorlik subyektlariga berilishi belgilandi.
Qarorga muvofiq, Sirdaryo viloyatida foydalanilmasdan zaxira turgan 3 929 gektar yaylov va bo‘z yerlarda chorvachilikni rivojlantirish bo‘yicha jami 36 loyiha amalga oshiriladi.
Izoh (0)