Namanganda MAN haydovchisi o‘zi zarar yetkazgan xonadonni ta’mirlab berdi.
Voqea To‘raqo‘rg‘on tumanining Qatag‘on qishlog‘ida sodir bo‘lgan. Tungi soat 2:00 lar atrofida MAN yuk mashinasini haydab ketayotib boshqaruvni yo‘qotgan A.X. katta yo‘l yoqasida yashovchi Holmamat Qambarovning uyiga kirib ketadi.
Xonadon egalari shu kuni qarindoshinikida mehmonda bo‘lganligi sababli hech kimga zarar yetmaydi.
Hushyorlikni yo‘qotgan haydovchi H. Qambarovning jiddiy shikast yetgan uyini tiklab berishiga to‘g‘ri keldi.
Izoh (0)