Davlat statistika qo‘mitasi yanvar—iyul oylarida yirik sanoat korxonalari tomonidan ayrim turdagi sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi haqida ma’lumot berdi.
Xususan, yengil avtomobillar ishlab chiqarish hajmi 49,6 foizga oshgan. 2018-yilning shu davrida 98 700 dona yengil avtomobil ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2019-yilda 147 650 tani yashkil etgan.
Yuk avtomobillarini ishlab chiqarish esa 55,1 foizga ortdi. 2018-yilda — 1 925 dona, 2019-yilda — 2 985.
Avtobuslar ishlab chiqarish hajmida ham o‘sish kuzatildi — 3,6 foiz punkti (2018-yilda 303 dona, 2019-yilda 1 095 dona).
Avtomobil dvigatellarini ishlab chiqarish 62,4 foizga oshdi. 2018-yilda 70 534 dona dvigatel chiqarilgan bo‘lsa, 2019-yilda — 114 561.
Izoh (0)