AQSh savdo vazirligi Huawei kompaniyasi litsenziyasini 90 kunga uzaytirishga rozi bo‘ldi. Bu unga amerikalik yetkazib beruvchilardan foydalanuvchilarga bundan keyin xizmat ko‘rsatish uchun zarur mahsulotlarni sotib olish imkonini beradi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Savdo vaziri Uilbur Ross litsenziyaning uzaytirilishini AQShdagi ba’zi telekommunikatsiya kompaniyalari Huawei’ga “tobe ekanligi” bilan izohladi. “Biz ularga ushbu tobelikdan qutulish uchun yana biroz vaqt beryapmiz”, — dedi vazir.
Vazirlikdagilar ta’kidlashicha, AQShda hamon Huawei’ga nisbatan milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha savollar bor.
Izoh (0)