Saudiya Arabistonida dog‘istonlik ziyoratchilar o‘tirgan avtobus halokatga uchradi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti” Maxachqal’aning “Marva-tur” kompaniyasi rahbariga tayanib.
Uning so‘zlariga ko‘ra, YTH Ar-Riyoddan bir necha km uzoqlikda, ziyoratchilar Makkadan Dubayga ketayotganida yuz bergan.
47 kishi o‘tirgan avtobus yo‘l chetiga to‘xtagan, bekatda ularga yuk mashinasi borib urilgan. Bir ayol halok bo‘lgan, yana ikki kishi kasalxonaga yuborilgan.
Izoh (0)