Xalq deputatlari Nurafshon shahar kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati ma’lum qildi.
Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. Qahramon Hakimov Nurafshon shahri hokimi etib tayinlandi.
U mazkur tayinlovga qadar “Toshuyjoy LITI” aksiyadorlik jamiyati bosh direktori lavozimida faoliyat yuritgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Nurafshon shahri hokimi Usmon Hakimov Olmaliq shahri hokimi etib tayinlangani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)