4-avgust, yakshanba kuni futbol bo‘yicha Gamper Kubogi doirasida Ernesto Valverde qo‘l ostidagi Kataloniyaning “Barselona” klubi “Kamp Nou”da Unai Emeri boshliq Londonning “Arsenal” jamoasi bilan bellashdi.
Uchrashuvning 36-daqiqasida “to‘pchilar” hujumchisi Pyer-Emerik Obameyang hisobni ochgan bo‘lsa, 69-daqiqaga kelib yarim himoyachi Meytlend-Naylz o‘z darvozasiga gol urib qo‘ydi (1:1).
O‘yinning so‘nggi daqiqalarida esa Kataloniya klubi hujumchisi Luis Suares jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi (2:1).
Shu tariqa “Barselona” “Arsenal”ni 2:1 hisobida mag‘lub etib, Gamper Kubogini qo‘lga kiritdi.
Ma’lumot uchun, mazkur musobaqa 1966-yildan buyon Kataloniya klubi asosichisi Joan Gamper sharafiga har yili o‘tkazilib kelinadi. 1966—1996-yilgacha ushbu musobaqada 4 jamoa ishtirok etgan bo‘lsa, 1997-yildan esa unda faqatgina 2 ta klub qatnashishi belgilab qo‘yilgan.
Shu vaqtda qadar Gamper Kubogi musobaqasi 54 marotaba o‘tkazilgan bo‘lsa, shulardan 42 tasida “ko‘k-anorranglilar” g‘alabaga erishgan.
Gamper Kubogi
“Kamp Nou”, Barselona
4-avgust, yakshanba
“Barselona”—“Arsenal” 2:1
Gol: 0:1 — 36 Obameyang, 1:1 — 69, avtogol, Meytlend-Naylz 2:1 — 90 SuaresYanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)