O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasiga “Bionorica SE” (GFR) kompaniyasi vakolatxonasidan “Hurshida biznes plyus” MChJning noqonuniy xatti-harakati yuzasidan murojaat kelib tushdi. Bu haqda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi axborot xizmati xabar berdi.
Murojaatda aytilishicha, “Hurshida biznes plyus” MChJ o‘z mahsulotini realizatsiya qilishda “Bionorica SE” kompaniyasiga tegishli bo‘lgan 3 ta tovar belgisi:— grafika shakldagi belgi (ko‘k rangli doira markaziga joylashtirilgan gulbarg);— BAQ “Kanefron” va “Bionorica” savdo nomidan foydalangan.
Qo‘mita tomonidan “Hurshida biznes plyus” MChJning xatti-harakatlarida O‘zbekiston Respublikasi “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunning 13- moddasi — ya’ni boshqa ishlab chiqaruvchining intellektual faoliyati natijalaridan qonunga hilof ravishda foydalanish va shu yo‘l bilan iste’molchini chalg‘itish holatiga yo‘l qo‘yilgani tan olindi.
O‘rganish natijalari bo‘yicha “Bionorica SE” kompaniyasiga yozma ko‘rsatma berildi. Unga asosan “Hurshida biznes plyus” MChJ bir oy muddatda yo‘l qo‘yilgan qonunbuzarlik holatini bartaraf etish bo‘yicha choralar ko‘rishi kerak.
Izoh (0)