Olot tumanida yashovchi 47 yoshli N.D. aprel oyida Jondor tumanida yashovchi 39 yoshli J.Q.ga Turkmanistondan HOWO yuk avtomashinasi olib berishini va’da qilgan va undan 18 ming dollar pul olgan.
Lekin, O‘zbekiston IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasidan xabar berishlaricha, N.D. bergan va’dasini bajarmasdan ushbu pullarni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.
J.Q. ushbu holat yuzasidan 1-iyul kuni ichki ishlar organlariga murojaat qilgan. Qayd etishlaricha, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)