• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12456.25
    • RUB158.36
    • EUR14461.71
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +38°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Buxoro viloyati hokimligi qabristonda majburiy mehnat bo‘lganini isbotlashni so‘radi

    Buxoro viloyati hokimi O‘ktam Barnoyevning Facebook’dagi sahifasida Buxorodagi “Hazrati Imom” qabristonini obodonlashtirish ishlariga byudjet tashkilotlari xodimlari va harbiy xizmatchilar majburiy jalb etilayotgani haqidagi xabarlarga viloyat hokimligi munosabati e’lon qilindi.

    Foto: Buxoro viloyati hokimligi matbuot xizmati

    Foto: Buxoro viloyati hokimligi matbuot xizmati

    Avvalroq “Troll.uz” blogi muallifi Umid Gafurov Buxorodagi qabristonni obodonlashtirish jarayonidagi majburiy mehnat holatlari, banklar mehnatga jalb etilganlar uchun ovqatlanishlarni tashkil etishga majburlanayotgani haqida xabar bergan edi. Keyinroq “Kun.uz” nashri viloyat Obodonlashtirish boshqarmasi vakillariga asoslanib, qabristonni obodonlashtirish ishlarida tibbiyot xodimlari, maktab o‘qituvchilari va bog‘cha tarbiyachilari ham qatnashgani haqida yozdi.

    Buxoro viloyati hokimligi esa bu xabarlarni “oldi-qochdi gaplar” deb baholab, dalil va isbotlar so‘ramoqda. Qayd etish joiz, bloger va onlayn-OAVlarning majburiy mehnat haqidagi xabarlari ortidan O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tekshiruv boshlagan.

    Xalqimizda “qaysi yurtning obodligini bilmoqchi bo‘lsang, bozori-yu mozoriga bor”, degan naql bor. Bu naqlda bozor – turmush, mozor – ma’naviyat belgisini bildiradi. Zero, mozor marhumlarning mangu qo‘nim topgan maskani bo‘lsa, bozor tiriklikning yashash manbai sanaladi. Shu ma’noda aytganda, qabristonlarni, muqaddas ziyoratgoh va qadamjolarni ziyorat qilish, boqiy dunyoga safar qilgan yaqinlarimiz qabrlaridan xabar olish, haqlariga Qur’on-tilovat qilish, marhumlar yotgan joylarni obod va ozoda saqlanishiga e’tibor qaratish har bir inson uchun ham qarz ham farzdir.

    Shundan kelib chiqib, bundan qariyb bir oy muqaddam Buxoro shahridagi “Hazrati imom” qabristonida keng ko‘lamli qurilish-ta’mirlash ishlari boshlangan edi. So‘nggi kunlarda esa ijtimoiy tarmoqlarda qabristondagi obodonlashtirish va turli qurilish ishlariga shahardagi mavjud tashkilotlar, jumladan, ta’lim tizimi, tibbiyot muassasalari, mahalla fuqarolar yig‘inlari xodimlari va harbiy qism askarlari majburiy jalb qilinayotgani haqida xabarlar “bolaladi”. Voqealar rivoji aslida qanday tus olgani yuzasidan Buxoro shahar hokimi Karim Kamolovga murojaat qildik.

    — Mahallalar qiyofasini yangilash maqsadida qabul qilingan “Obod mahalla” dasturi doirasida “G‘afur G‘ulom” mahallasi hududi ham obodonlashtirilmoqda. “Hazrati Imom” qabristoni ayni shu hududda joylashgan. Viloyat rahbari boshchiligida olib borilgan o‘rganishlar jarayonida mazkur qabristondagi abgor holat ham e’tibordan chetda qolmadi. Shu joyning o‘zida mutasaddilarga qabriston devorlarini qaytadan tiklash, yo‘laklarni ta’mirlash, sag‘analar atrofini tartibga keltirish bo‘yicha topshiriqlar berildi. Shundan so‘ng ishga kirishildi. Bu ishga, albatta, qurilish tashkilotlari, obodonlashtirish boshqarmasi ishchi-xodimlari jalb qilingani rost. Qolaversa, mahalliy byudjetdan 500 million so‘m mablag‘ ham ajratib berildi. Bundan tashqari, imom-xatiblar, yoshi ulug‘ insonlar tomonidan namozlarda, ma’raka-mavridlarda ezgu ishga bosh qo‘shishga chaqiriqlar qilindi. Buxoro shahrida yashovchi aholi orasida ko‘pchilikning qavmi-qarindoshi shu yerda dafn etilganligi bois ularga ham da’vatlar bo‘ldi. Ammo biror korxona-tashkilot xodimlariga tazyiq o‘tkazilib, biror jazo qo‘llash tahdidi ostida mehnatga jalb qilingani yo‘q.

    Shu o‘rinda O‘zbekiston bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sherzod Kudbiyevning 1-avgust kuni Xalqaro press-klubning O‘zbekistonda odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurashning yangicha tizimiga bag‘ishlangan majlisidagi iqtibosiga e’tiboringizni qaratmoqchimiz.

    “Hashar xalqimizning qadimiy urf-odatlaridan hisoblanadi. Qo‘ni-qo‘shni, qarindoshlar yoki bir mahalla ahlining uy qurish, bog‘ barpo etish yoki ko‘cha-ko‘yni tartibga solish uchun birlashish amaliyoti xalqimiz madaniyatining bir qismi sanaladi. Hashar — har doim bayram, o‘zaro ko‘maklashish, qiyinchiliklar qarshisida jipslashish va birgalikda ularni yengib o‘tishidir. Lekin, masalan, erta tongdan shifoxona yoki maktab xodimlarini ularning roziligini so‘ramasdan avtobusga solib, avtoyo‘llar bo‘yidagi hududlarni supurishga olib ketish — bu hashar emas, balki majburiy mehnatdir. Undan ham yomoni bu kabi ‘hasharlar’da qatnashishdan bosh tortgani uchun xodimlarga nisbatan ishdan bo‘shatish darajasigacha intizomiy choralar ko‘rilishidir” — degandi vazir o‘shanda.

    Endi o‘zingiz o‘ylang. Ota-bobolari yotgan muqaddas qadamjoni obod qilishga ozmi-ko‘pmi hissa qo‘shish qadimiy urf-odat emasmi?! Ayting-ayting, bu ish milliy madaniyatimizga qachondan yot tushunchaga aylandi?! Yoki bugun ijtimoiy tarmoqlarda bong urayotganlarning qaysi biri “Hazrati Imom” qabristonida erta azonda maktab, bog‘cha, shifoxona va boshqa soha xodimlarining, vazir aytmoqchi, rozi-rizoligi olinmasdan avtobusga solib, mehnatga majburlanganini ko‘ribdi? Qani dalil, qani isbot? Yozilganlarning, aytilganlarning bari oldi-qochdi gaplar, o‘z-o‘ziga “qahramon” yasab olishdan boshqa narsa emas. Alalxusus, bugun Buxoroda boshlagan ulkan bunyodkorliklar, o‘zgarish va yangilanishlar shiddati bir dam susaygani yo‘q. Yurtni obod, xalqni shod qilishga qaratilgan sa’y-harakatlarga, shu ishga kechani kecha, kunduzni kunduz demay, mehnat qilayotganlarga Alloh yordir. Biz esa mavzuga yana qaytamiz.

    Buxoro viloyati hokimligi

    03.08.2019, 21:12   Izoh (0)   43459
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda Qurbon Hayiti 11-avgust kuni nishonlanadi

    03.08.2019, 20:55

    O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi xalqaro avtotransport qatnoviga doir bayonnoma kuchga kirdi

    03.08.2019, 19:58

    Shayxontohurda tanishini urib jarohatlagan erkak ushlandi

    03.08.2019, 19:43

    Akrom Malikning jinoyat ishi yuzasidan chiqarilgan sud qarorlari o‘rganilmoqda

    03.08.2019, 19:19

    Buxoroda 3 nafar farzandiga aliment to‘lamagan ayolga 5 sutka qamoq jazosi tayinlandi

    03.08.2019, 15:57

    SSV: Kuniga 10 ming qadam yurilsa, xastalik shuncha ortda qoladi

    03.08.2019, 15:48
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi


    Toshkent shahar hokimligi ko‘magida 2025-yil 2-4-oktyabr kunlari CAEx HoReCa & UzFPT ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    Click & Smart Business (sobiq UZKASSA): biznes muvaffaqiyati va mijozlar qulayligi uchun hamkorlik


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    Anorbank va Beelab O‘zbekiston raqamli banking bozorida hamkorlik o‘rnatdi

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Meril Strip 76 yoshda: aktrisa buyuk iste’dod egasi ekanini isbotlovchi beshta film

    Kino | 25 iyun, 10:39

    “Barselona” Levandovskiga munosib o‘rinbosar topdi

    Sport | 25 iyun, 10:29

    O‘zbekistonda banklarni sanatsiya qilish va tugatish tartibi belgilandi

    O‘zbekiston | 25 iyun, 10:29

    AQSH generali Ukraina urushda yutishi mumkinligini aytdi

    Dunyo | 25 iyun, 10:19

    Filmlarda boshqa kino yulduzlarini gavdalantirgan zamonaviy aktrisalar

    Layfstayl | 25 iyun, 09:58
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.