1-avgust kuni Navoiy viloyati Qiziltepa tumani Varozun mahallasida “Abu Bakr Siddiq” nomli yangi jome masjidining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar berdi.
Marosimda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Ibrohim domla Inomov, Navoiy viloyat bosh imom-xatibi Tohirjon Ro‘ziyev, tuman bosh imom xatibi Zavqiddin Oripov, tuman hokimi boshchiligidagi mutasaddi rahbarlar, imomlar, shuningdek, qishloq va mahalla faollari ishtirok etdi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Ibrohim Inomov so‘zga chiqib, mahalla ahlini yangi masjid bilan qutladi va ushbu masjid musulmonlarning duolari ijobat bo‘ladigan, yosh avlodning go‘zal axloqiy fazilatlari shakllanadigan mo‘’tabar maskan bo‘lishini tilab, kerakli tavsiyalar berdi, xayrli duolar qildi.
“Alloh taolo yangi masjidni qishloq ahli uchun, umuman, viloyat musulmonlari uchun ilm-ma’rifat va axloqiy tarbiya maskani bo‘lishini nasib etsin!” — deyiladi xabarda.
Izoh (0)