Oliy xokkey ligasining yangi a’zosi — “Humo” xokkey klubi o‘zining yangi lisobini taqdim etdi. Bu haqda klub matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.
Ushbu libosda klub Oliy xokkey ligasi chempionati uchrashuvlarida O‘zbekiston sharafini himoya qiladi. Chempionatga sentabr oyining dastlabki kunlarida start beriladi.
Yorqin o‘ziga xos uslubda yaratilgan libosda afsonaviy humo qushi tasvirlangan bo‘lib, u qadimdan adolat va erkinlik ramzini anglatgan. Aynan humo qushining o‘zi yangi jamoa belgisi asosini tashkil etadi.
Klub avgust oyida Nijniy Novgorod, Sankt-Peterburg va Tolyatti shaharlarida mavsumoldi bir qator uchrashuvlarni o‘tkazadi.
Ma’lumot uchun, jamoa bir qator kuchli o‘yinchilarni o‘z safiga qo‘shib oldi. Moskvaning “Spartak” klubi markaziy hujumchisi Artyom Voronin, SKA klubi sobiq hujumchisi Aleksandr Sherbina kabi xokkeychilar “Humo” sharafini himoya qiladi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)