“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ joriy yil 28-iyuldan 31- iyulgacha Toshkent—Andijon, Toshkent—Urganch—Xiva, Toshkent—Qo‘ng‘irot, Toshkent—Termiz va Toshkent—Buxoro yo‘nalishlarida qatnovchi yo‘lovchi poyezdlarining tezligiga cheklov belgiladi.
Bunga sabab O‘zbekistonda kuzatilayotgan anomal issiqlik ekanligi bildirilmoqda.
Yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida mazkur poyezdlarda bepul mineral suvlar tarqatish yo‘lga qo‘yilgan.
Ma’lumot uchun, “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ iyul oyi boshida ham poyezdlar tezligiga cheklov o‘rnatgandi.
Izoh (0)