Facebook’dagi guruhlardan birida To‘lqin Hojiyev ismli foydalanuvchi Xotin-qizlar qo‘mitasiga murojaat qildi.
“Har safar Sebzordagi ko‘prikdan o‘tayotganimda mana shu ayolni va uning ikki farzandini ko‘rganimda ularga yuragim achishadi. Ayolning farzandlari yozning issiq kunlarida muzqaymoq yeb, basseynda cho‘milish o‘rniga kun ko‘rish uchun harakat qilmoqda. Men Xotin-qizlar qo‘mitasiga murojaat qilmoqchiman. Aytgandek, bu ayol tilanchi yoki lo‘li emas”, — deb yozadi u.
Izoh (0)