Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi Buxoro aeroporti chegara bojxona postida O‘zbekistonga olib kirilishi taqiqlangan bioaktiv qo‘shimchalar o‘z vaqtida to‘xtatib qolindi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi ma’lumotiga asoslanib, Zarnews xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, xorijiy reys bilan uchib kelgan fuqaro I.U. o‘zining xatti-harakatlari bilan bojxonachilar e’tiborini tortdi va tegishli tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.
Natijada, u o‘zi bilan yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida yozib ko‘rsatilmagan holda, umumiy qiymati 8,5 million so‘mlik 47 dona xorijda ishlab chiqarilgan bioaktiv qo‘shimchalarni olib o‘tishga uringanligi ma’lum bo‘ldi.
“Ayni vaqtda holat yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda”,— deb yoziladi xabarda.
Izoh (0)