2019-yil 5-iyul kuni soat 19:50 atrofida Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida yashovchi oilada er-xotin o‘rtasida janjal ko‘tarildi. Bu haqda IIV matbuot xizmati ma’lum qildi.
Mojaro asnosida 27 yoshli N.T. ismli ayol turmush o‘rtog‘i, 28 yoshli S.Q.ga pichoq bilan jarohat yetkazgan.
Natijada S.Q. kasalxonaga yotqizilib, N.T. ushlangan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)