Prezident “Yer qa’rini geologik jihatdan o‘rganishni yanada takomillashtirish va 2020—2021-yillarda mineral-xomashyo bazasini rivojlantirish va qayta tiklash davlat dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hujjatni imzoladi, bu haqda Spot xabar qiladi.
Qaror bilan 2020—2021-yillarda mineral-xomashyo bazasini rivojlantirish va qayta tiklash davlat dasturi ma’qullandi.
Dastur doirasida foydali qazilmalarning istiqbolli maydonlarini qidirish 2020-yilda 35 foizga, 2021-yilda 40 foizga yetkaziladi.
2020-yilda oltin va kumush qazib olish 150 tonnaga, 2021-yilda esa 300 tonnaga yetkazish ko‘zda tutilmoqda.
Dasturni amalga oshirish uchun jami 2 trln 371 mlrd 9 mln so‘m mablag‘ ajratiladi.
Qattiq foydali qazilma maydonlari va konlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni joylashtirish uchun yagona elektron onlayn platforma ishga tushiriladi.
Strategik muhim turdagi qattiq foydali qazilmalarni o‘zlashtirish uchun investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha Prezident qarori loyihasi ishlab chiqiladi. Loyihada foydali qazilmalarni qidirish va aniqlash huquqi uchun imtiyozli bonus stavkalari qayta ko‘rib chiqiladi.
Shuningdek, investitsiya loyihasini amalga oshirishning butun davrida soliq qonunchiligining o‘zgarmasligi kafolatlari ta’minlanadi.
Izoh (0)