Indoneziyaning Trans Asia Resources kompaniyasi Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi bilan birgalikda 2020-yili Afg‘onistonga million tonnaga yaqin neft mahsulotlarini yetkazib berishni rejalashtirmoqda, deb xabar beradi Sputnik.
“Trans Asia Resources kompaniyasi Afg‘oniston hukumati bilan bir million tonnagacha neft mahsulotini yetkazib berish bo‘yicha bitim imzoladi”, — deyiladi xabarda.
Mazkur hujjat savdo-iqtisodiy hamkorlik masalalar bo‘yicha o‘zbek—afg‘on hukumatlararo komissiyasining Toshkentda o‘tkazilgan birinchi majlisida imzolangan.
Kelajakda Tojikiston va Qirg‘izistonga ham neft mahsulotlarini yetkazib berish rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning aprelida O‘zbekiston Prezidenti Trans Asia Resources’ning investitsiyalarini to‘g‘ridan to‘g‘ri jalb qilgan holda Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodini modernizatsiya qilish to‘g‘risida qaror imzolagan edi.
Kompaniya 2022-yilga qadar zavod modernizatsiyasi uchun 875 milliondan ortiq sarmoya kiritadi.
Izoh (0)