• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Muhammad payg‘ambar (s.a.v.)ning tashqi ko‘rinishidagi mukammallik

    “Azon.uz” portali “Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning buyukliklaridagi sirlardan lavhalar” kitobida Muhammad payg‘ambar (s.a.v.)ning tashqi ko‘rinishlaridagi mukammallik haqida keltirilgan misollar bilan bo‘lishdi.

    Foto: “Azon.uz”

    Foto: “Azon.uz”

    Sahobalar Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallamni shu darajada vasflaganlarki, go‘yo siz U zotni ko‘rib turganday bo‘lasiz. U zotning yuzlari, yanoqlari, ikki ko‘zlari, qovoqlari, burunlari, bo‘yinlari, boshlari, peshanalari, og‘izlari, tishlari, ikki yelkalari, ikki kaftlari, ikki oyoqlari va boshqa a’zolari qanday bo‘lganini o‘ta aniqlik bilan bayon etishgan.

    Bunga misol qilib Baro roziyallohu anhuning so‘zlarini keltirishimiz mumkin: “Rasululloh sollallohu alayhi va sallam ikki yelkalarining orasi keng, sochlari ikki quloqlarining yumshoq joyigacha yetadigan zot edilar. Men U zotdan go‘zal kishini ko‘rmaganman”.

    Yana shunday deydi: “Rasululloh sollallohu alayhi va sallam insonlar orasida yuzlari eng chiroyli, tashqi ko‘rinishlari eng go‘zal kishi edilar. Haddan ortiq baland ham, past ham emas edilar”.

    Ali roziyallohu anhu aytadi: “Rasululloh sollallohu alayhi va sallam semiz ham, yanoqlari go‘shtli ham emas, yuzlari qisman doira shaklida edi”. Abu Tufaylga: “Bizga Rasululloh sollallohu alayhi va sallam qanday bo‘lganlarini vasflab bering!” deyishdi. Shunda u: “Rasululloh sollallohu alayhi va sallam yuzlari oq va go‘zal edi”, deb javob berdi.

    Qoshi ko‘zi kelishgan sohibi jamol,

    Erur axloqi Qur’on sohibi kamol.

    Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning ko‘zlari keng, qovoqlari atrofidagi kipriklar uzun, qirg‘iyburun, ya’ni burun uchi bilan birga yuqori tarafi ko‘tarilgan edi.

    Peshanalari keng, boshlari ozgina katta, yuzlari nurli, sochlari qop-qora, og‘izlari katta (arablar shu kabi og‘izlarni maqtaydilar), tishlari oppoq (tishlari bir tekisda, ikki tish orasidagi masofa bir xil), og‘izlaridan xushbo‘ylik taralib turar, qoshlari uzun va ingichka, ikkisi bir-biriga ulanmagan edi.

    Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning bu go‘zalliklari qayoqda-yu, U zot jirkanch ko‘rinishda tasvirlangan suratlar qayoqda! Shuning o‘zi bu rasmlarni chizgan kimsalar ulug‘ Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallamni tanimasligi va bilmasligiga dalolat qiladi!

    Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning kaftlaridan ko‘ra muloyim ipakni ham, debojni ham ushlamaganman, Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning bo‘ylaridan ko‘ra xushbo‘y mushkni ham, anbarni ham hidlamaganman”.

    Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallamni ko‘rgan kishi xayolida yolg‘onchi insonning oldida emas, rostgo‘y insonning oldida turibman degan fikrga borar edi. Yahudiylarning eng katta olimi bo‘lgan Abdulloh ibn Salom shunday deydi: “Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallam Madinaga kelganlarida U zotni ko‘rish uchun bordim. Yuzlariga qarab, bu yuz yolg‘onchi kimsaning yuzi emasligiga amin bo‘ldim.

    Garchi bo‘lmasa ham bayon etguvchi belgilar,

    Ul zotning ko‘rinishi berar xabarlar.

    Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallam haybatli va viqorli edilar. Ul zotning amakivachchalari Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhu aytadilar: “Kim Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallamni birinchi bor ko‘rsa, U zotning haybatlaridan qo‘rqar edi”.

    Amr ibn Oss roziyallohu anhu aytadi: “Men uchun Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan ko‘ra ham suyukli, ham hurmatli inson bo‘lmagan. U zotni hurmat qilganimdan ko‘zlarim bilan to‘yib qaray olmasdim. Biror kishi U zotni qanday ekanliklarini menga vasflab bering desa, bu qo‘limdan kelmaydi. Chunki men U zotga ko‘zlarim bilan to‘yib qaray olmaganman”.

    Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallam poklik va tozalikni yaxshi ko‘rar edilar. Tanasi, kiyimlari va sochining tozaligiga e’tibor bermagan kishini yoqtirmas edilar. U zot: “Alloh taolo go‘zal zot va go‘zallikni yaxshi ko‘radi”, deb marhamat qilganlar.

    Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bizning oldimizga keldilar va sochlari to‘zigan bir kishini ko‘rib qoldilar. Shunda: “Bu kishi sochlarini tartibga solib qo‘yadigan narsa topa olmadimi?” dedilar. Kiyimlari kir bo‘lgan boshqa bir kishini ko‘rib: “Bu kishi kiyimlarini yuvish uchun suv topa olmadimi?” dedilar”.

    Baro ibn Ozib roziyallohu anhu aytadi: “Rasululloh sollallohu alayhi va sallam qizil hulla kiyganlarini ko‘rdim. U zotdan ko‘ra go‘zal kishini ko‘rmaganman”.

    Yuqoridagi ma’lumotlar musulmonlar o‘z payg‘ambarlarining tashqi ko‘rinishlari borasida keltirgan rivoyatlarining ba’zilari edi, xolos. Aslini olganda U zot bundan bir necha chandon oliy edilar. Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallamning axloqlari va shamoyillariga bog‘liq kitoblardan bittasining mundarijasiga qarasangiz, roviylar U zot haqlarida biror ma’lumotni qoldirmay rivoyat qilganlariga guvoh bo‘lasiz. Umuman olganda, bu faqat birgina payg‘ambarning hayotida uchraydi. U ham bo‘lsa Muhammad sollallohu alayhi va sallam. Nima uchun? Chunki U zot payg‘ambarlarning xotamidir. Insonlar U zot haqida barcha narsani bilishlari lozim. Ana shunda U zot barcha holatlarda insonlar ergashadigan namuna bo‘ladilar.

    25.07.2019, 09:05   Izoh (0)   166495
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi Termiz shahar hokimining raqobatni cheklovchi qarorini bekor qildi

    25.07.2019, 08:50

    Vyetnam harbiy prokurori O‘zbekistonga keldi

    25.07.2019, 08:37

    O‘zbekiston afg‘onlararo muloqotning navbatdagi raundini Samarqandda o‘tkazishga tayyorligini tasdiqladi

    25.07.2019, 08:25

    O‘zbekiston TIV Janubiy Koreyada velosiped o‘g‘irlagan o‘zbekistonlik talabalar qo‘lga olinganini tasdiqladi

    25.07.2019, 07:14

    Toshkentda merosga tekkan kvartirani sotib yuborish uchun tirik odam o‘ldiga chiqarildi

    24.07.2019, 22:42

    Jizzaxda “Obod qishloq” dasturiga tushgan shaharchada gaz quvurlari talon-taroj qilindi (foto)

    24.07.2019, 22:16
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yerdan 4 yarim yorug‘lik yili uzoqligida yangi sayyora va yulduz aniqlandi

    Dunyo | 10 avgust, 00:10

    “Ukraina taqdiri yevropaliklar ishtirokisiz hal qilinmasligi kerak” — Emmanuel Makron

    Dunyo | 9 avgust, 23:30

    O‘zbekistonda ish beruvchilarga qo‘yilgan ayrim talablar bekor qilinadi

    O‘zbekiston | 9 avgust, 23:01

    “An-Nassr” “Bavariya” futbolchisiga qiziqish bildirmoqda

    Sport | 9 avgust, 22:24

    “Hizbullohning qurolsizlantirilishiga qarshimiz” — Eron rasmiysi

    Dunyo | 9 avgust, 22:20

    Indoneziya G‘azo jabrdiydalari uchun kimsasiz orolda shifoxona ochadi

    Dunyo | 9 avgust, 21:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.