• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12586.41
    • RUB160.42
    • EUR14758.82
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonning “yong‘oq” potensiali: uni qanday ro‘yobga chiqarsa bo‘ladi?

    UzAnalytics “O‘zbekistonning “yong‘oq” potensiali: uni qanday ro‘yobga chiqarsa bo‘ladi?” nomli maqola chop etdi. Unda O‘zbekistonda yong‘oq plantatsiyalari tomon ilk qadamlar, eksport bo‘yicha nega yetakchi mamlakatlar qatorida emasligi va yong‘oqchilikni rivojlantirish dasturi haqida so‘z boradi. Quyida maqola to‘lig‘icha keltirilgan.

    Foto: UzAnalytics

    Foto: UzAnalytics

    Dunyoda har yili 2 million tonnadan ziyod yong‘oq yetishtiriladi va iste’mol qilinadi. So‘nggi 4 yilda ushbu mahsulotni iste’mol qilish 20 foiz o‘sdi. AQSh, Chili, Ukraina, Xitoy va Moldova eng ko‘p yong‘oq eksport qiluvchi mamlakatlar sirasiga kiradi. Chili, Ukraina va Moldova singari rivojlanayotgan mamlakatlarning umumiy eksport hajmida yong‘oqning ahamiyati katta. Masalan, 2017/2018-yilgi mavsumda Ukrainaning yong‘oq eksportidan tushgan daromadi 131,5 million AQSh dollarini tashkil etdi. Taqqoslash uchun 2017-yilda O‘zbekiston avtosanoati umumiy miqdori 143 million dollarlik yengil, yuk mashinalari va avtobuslarni eksport qildi. Yana bir misol: Chili yong‘oqzorlarni 5 baravarga ko‘paytirib, eksport hajmini qariyb 1 milliard dollarga yetkazishni rejalashtirmoqda.

    O‘zbekiston ushbu mahsulotni yetishtirish bo‘yicha qulay iqlim sharoitiga ega bo‘lishiga qaramay, yong‘oq eksport qiluvchi asosiy mamlakatlar qatoriga kirmaydi. Buning sababi nima?

    Yong‘oq plantatsiyalari tomon ilk qadamlar

    Yong‘oq yetishtirish va qayta ishlash korxonasi rahbari Tolibjon Abdujalilov har kuni erta tongdan yong‘oqzoriga yo‘l oladi. Joriy yil bahorida 30 gektar maydonga Amerikaning Chandler navli 5 ming dona yong‘oq ko‘chatini ekkan edi. Bu Samarqand viloyatida tajriba tariqasida yaratilgan dastlabki yong‘oq plantatsiyasidir.

    “Chandler tez hosil beradigan nav bo‘lib, uchinchi yildan hosilga kira boshlaydi. Yana 500 gektar maydonni yong‘oqzorga aylantirishni rejalashtiryapman. Boshqa navlarni ekib ko‘rmoqchimiz. Bu mahsulotga talab katta. Biz butun respublika bo‘ylab yong‘oq xarid qilamiz. Ularni qayta ishlab, qadoqlab, so‘ngra Turkiya, Ozarbayjon, Belarus, Birlashgan Arab Amirliklari, Iroq va Eronga eksport qilamiz”, – deydi 21 yildan buyon yong‘oq biznesi bilan shug‘ullanib kelayotgan Tolibjon.

    O‘tgan yili Tolibjon Abdujalilovning korxonasi 1,1 million dollarlik yong‘oqni chetga sotdi.

    Yong‘oq – chiqindisiz mahsulot. Tolibjon aytishicha, uning nafaqat mag‘zi, maydalangani va uni, shuningdek, po‘stlog‘i va ichidagi parda devorlari ham xaridorgir.

    Fermer yong‘oq klasteri tashkil etishni rejalashtirmoqda: davlat ajratib bergan 2 gektar yerda logistika markazi barpo etyapti.

    O‘zbekiston Yong‘oq ishlab chiqaruvchilari va eksport qiluvchilari uyushmasi mutaxassisi Elboy Bozorov so‘zlariga ko‘ra, hozirgi kunda mamlakatimizdagi yong‘oqzorlar (sanoat ko‘lamida yetishtirilayotgan yong‘oq plantatsiyalari) maydoni 7,5 ming gektarni tashkil etadi. 2021-yildan boshlab, ushbu yong‘oqzorlarda yetishtiriladigan mahsulot chetga eksport qilina boshlaydi.

    Foto: UzAnalytics

    Foto: UzAnalytics

    Foto: UzAnalytics

    Foto: UzAnalytics

    Nega O‘zbekiston yong‘oqni eksport qiluvchi asosiy mamlakatlar ro‘yxatiga kirmagan?

    “ Yong‘oq – namlikni yoqtiradigan daraxt. O‘zbekistonning ayrim joylarida, masalan, Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida uni sug‘ormay o‘stirish mumkin. Bunda yog‘ingarchilik miqdori 800—900 millimetrdan kam bo‘lmasligi kerak”, – deydi biologiya fanlari nomzodi, O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti xodimi, respublikadagi yong‘oqzorlarni rivojlantirish loyihasi rahbari Yevgeniy Butkov.

    Uning aytishicha, Sovet davrida hamma e’tibor paxtaga qaratilgani sababli bunday ekinlarni yetishtirish uchun sug‘oriladigan yerlar ajratilmagan. Shu bois O‘zbekistonda yong‘oq plantatsiyalari rivojlanmagan.

    “Shunday bo‘lsa-da, respublikada yong‘oqdan 40 ming tonnaga yaqin hosil olinadi. Biroq u eksportga yaramaydi. Chetga sotish uchun bir xil nav va katta partiyadagi yong‘oq kerak. Bunga faqat yong‘oq plantatsiyalari yaratish yo‘li bilan erishish mumkin. Yevropa bilan Amerikada yong‘oqning sariq qobiqli va sarg‘imtir mag‘izli naviga talab katta. Bizda esa ko‘proq jigarrang va qizg‘ish rangli yong‘oq navlari yetishtiriladi. Garchi ular sariq tusdagi yong‘oq navidan ancha mazali bo‘lsa-da, xorijda boshqa nav standartlari qabul qilingan. Shu bois biz mag‘zi sariq rangli navlarni eksport uchun yetishtirishimiz kerak,” – deydi Butkov.

    Uning fikricha, prezidentning 2016-yilda “O‘zbekistonda yong‘oqchilikni rivojlantirish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingandan so‘ng respublikaga Amerikaning Chandler navli yong‘oq ko‘chatlarini olib kirish yo‘lga qo‘yildi. Afsuski, biz hali ushbu nav ko‘chatlarini plantatsiyalarda o‘stirish bo‘yicha yetarli tajribaga ega emasmiz. Hozirgi kunda yong‘oqni sanoat miqyosida ishlab chiqarish bo‘yicha ilk qadamlar tashlanyapti.

    O‘zimizda ham tez hosil beradigan yong‘oq navlari bor. Masalan, 1947-yilda olim Semyon Kolmogorov butun SSSRda mashhur bo‘lgan “Ideal” navini yetishtirgan edi. Hatto o‘sha paytlarda yong‘oq ko‘p yetishtirilgan Ukrainada ham ushbu nav ko‘chatlariga talab bo‘lgan.

    Kaliforniyadan keltirilgan Chandler yong‘og‘i ko‘chatlari hali iqlim sharoitimizga moslashib ulgurmadi. U yerning iqlimi biznikidan butunlay farq qiladi. Kaliforniyada bizdagi bahorgi sovuq ob-havo yoki jazirama yoz yo‘q. Shu bois bu nav O‘zbekistonga qanday moslashib ketadi, qanaqa hosil beradi va qanday kasalliklarga chalinadi – oldindan bir narsa deyish qiyin.

    Yangi yong‘oqzorlar tashkil qilinganiga endi uch yil to‘ldi. Ular Samarqand viloyatining Jomboy va Bulung‘ur, Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanida barpo etildi.

    Foto: UzAnalytics

    Foto: UzAnalytics

    Foto: UzAnalytics

    Foto: UzAnalytics

    Ukraina tajribasi: har bitta ekilgan yangi ko‘chat uchun kompensatsiya beriladi

    Ukraina dunyoda yong‘oq yetishtirish bo‘yicha to‘rtinchi, eksport qilish bo‘yicha esa uchinchi o‘rinni egallaydi. Ushbu mamlakatda yong‘oqzorlar maydoni yil sayin ortib bormoqda. Ukraina hukumati har bir yangi ekilgan ko‘chat uchun 330 grivna (qariyb 12 dollar) kompensatsiya berish orqali fermerlarga yordam ko‘rsatmoqda.

    Ukraina agrar konfederatsiyasi tahlilchisi Nelya Onishenkoning ma’lum qilishicha, 2018-yilda yong‘oqzorlar maydoni 3 foiz o‘sib, 18,9 ming gektarga yetdi. Ayni damda hosilning atigi 14 foizi sanoat miqyosida yetishtiriladi.

    Ukrainada yetishtirilgan yong‘oqning qariyb 70 foizi eksport qilinadi. 2017-2018 yilgi mavsumda ushbu mamlakatning yong‘oq eksportidan olgan daromadi 131,5 mln. dollar bo‘ldi. Joriy yilda esa ushbu ko‘rsatkich qariyb 180 mln. dollarga yetishi kutilmoqda.

    Qo‘shni mamlakatlarda-chi?

    Qozog‘iston sanoat miqyosida yong‘oq yetishtirish yo‘lidan bormoqda

    So‘nggi ikki yilda Qozog‘istonning Turkiston viloyatida yong‘oq xo‘jaliklarini rivojlatirmoqda. Hozirgi kunda viloyatdagi yong‘oqzorlar maydoni – 257 gektar. 2018-yilda ushbu yong‘oqzorlardan 627 tonna hosil olindi.

    Tuman markazlari bozorlarida qabul punktlari ochilgan bo‘lib, u yerda bir kilogramm yong‘oq o‘rtacha 400—500 tengega (1,04—1,30 dollar) sotib olinadi. Tadbirkorlar yong‘oqni qayta ishlab (po‘stlog‘idan tozalab), bir kilogrammini 1200—1500 tengedan (3,12—3,9 dollar) sotadi.

    Olmaota, Jambil, Turkiston viloyatlarida mamlakatning qarib 85 foiz yong‘og‘i yetishtiriladi. Yaqin 2—3 yilda Qozog‘istonda yong‘oqzorlar maydonini 5 ming gektarga yetkazish mo‘ljallanmoqda.

    O‘zbekistonda yong‘oqchilikni rivojlantirish bo‘yicha davlat dasturi

    2017-yil iyunida O‘zbekistonda 2017—2020-yillarda yong‘oq ishlab chiqarish hajmini oshirish bo‘yicha davlat dasturi qabul qilingan edi. Ushbu dastur 4 ta bosqichni qamrab oladi:

    • birinchi bosqich (2017–2019-yillar) – yong‘oq ko‘chatlarini respublikaga olib kelish;
    • ikkinchi bosqich (2018—2019-yillar) – yong‘oqni payvandlash uchun payvandtaglarni keltirish;
    • uchinchi bosqich (2020-yil) – laboratoriya sharoitida yong‘oqning tegishli mintaqa tabiiy-iqlim sharoitlariga mos yuqori hosildor navlarini ishlab chiqarish;
    • to‘rtinchi bosqich (2018–2020-yillar) – yong‘oq yetishtirish va uni ichki hamda tashqi bozorda sotishni yo‘lga qo‘yish.
    Yong‘oq plantatsiyalarini barpo etish uchun qariyb 10 ming gektar yer ajratiladi. Respublika bo‘yicha Andijon, Qashqadaryo, Jizzax, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Toshkent va Farg‘ona viloyatlarida yong‘oqzorlar barpo etiladi. Bundan tashqari, ana shunday plantatsiyalarni yaratishga qaratilgan loyihalarni moliyalashtirish uchun 50 million dollargacha kreditlar ajratiladi.

    24.07.2019, 10:07   Izoh (0)   22124
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda buzilgan “Ezidyor” to‘yxonasi egasi va’da qilingan restoranni olishga urinmoqda

    24.07.2019, 09:49

    Samarqandda sodir bo‘lgan YTH oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi

    24.07.2019, 09:45

    Toshkent viloyatida to‘rt mingga yaqin haydovchi jarimalarni to‘lash muddatini o‘tkazib yuborgani ma’lum bo‘ldi

    24.07.2019, 09:34

    O‘zbekistonda mikroqarzning eng yuqori miqdori 50, mikrokreditning esa 300 mln so‘mgacha oshirildi

    24.07.2019, 08:37

    O‘zbekistonlik ayol Istanbuldagi kasalxonada vafot etdi

    24.07.2019, 08:25

    Mahmud Istamov Markaziy saylov komissiyasi raisining o‘rinbosari etib saylandi

    24.07.2019, 08:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda 29-iyun kuni ob-havo qanday bo‘lishi maʼlum qilindi

    O‘zbekiston | 28 iyun, 17:35

    Qozog‘istonda ayol avtobus bekatida farzand ko‘rdi

    Dunyo | 28 iyun, 17:15

    Pokistonda portlash tufayli kamida 16 kishi halok bo‘ldi

    Dunyo | 28 iyun, 16:55

    Klopp klublar o‘rtasidagi JCH haqida: “Bu kabi turnirlar futbolchilar salomatligi hisobiga o‘tkazilmasligi kerak”

    Sport | 28 iyun, 16:53

    O‘zbekistonda ekologiya bo‘yicha huquqbuzarlarga 115 mlrd so‘m jarimalar belgilandi

    O‘zbekiston | 28 iyun, 16:35

    Hindistondagi hodisa yagona emas: tarixdagi eng yirik aviahalokatlar qayerda sodir bo‘lgan?

    Dunyo | 28 iyun, 16:15

    Toshkentda fuqaro inspektorga pichoq bilan tajovuz qildi (video)

    O‘zbekiston | 28 iyun, 15:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.