Isfaraning Vorux jamoatida Tojikiston fuqarosi halok bo‘lishi va bir necha kishi jarohatlanishiga sabab bo‘lgan qurolli mojaroga qaramay Tojikiston va Qirg‘iziston prezidentlari uchrashuviga tayyorgarlik davom etmoqda. Bu haqda Asia-Plus xabar berdi.
Tojikiston hukumatidagi manbaga ko‘ra. davlat rahbarlari uchrashuvini qoldirish yoki boshqa sanaga ko‘chirish haqida gap ketayotgani yo‘q.
Oldinroq Emomali Rahmon 26-iyul kuni Isfaraga tashrif buyurishi va bu yerda Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekvov bilan uchrashishi rejalashtirilgandi.
Tomonlar tojik—qirg‘iz chegarasini demarkatsiya va delimitatsiyasi masalalarini muhokama qilishi, mahalliy aholi bilan muloqotda bo‘lishi ko‘zda tutilgan..
Izoh (0)