Toshkentning Olmazor tumanida yashovchi 27 yoshli D.B. Sergeli mashina bozorida tanishi — 33 yoshli K.M. ismli ayolga Spark olib beraman deb, undan 6400 dollar pul olgan.
Biroq, IIV xabariga ko‘ra, D.B. va’dasini bajarmay, pullarni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan. D.B. ayoldan pulni 6-yanvar kuni olgan, Sergeli militsiyasiga bu haqdagi murojaat 18-iyul kuni kelib tushgan.
Shundan so‘ng D.B. ushlangan. “Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda”, — deyiladi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi axborotida.
Izoh (0)