Chilonzordagi sobiq “Algoritm” zavodi orqa tomonida joylashgan elektr podstansiyasida 20-iyul kuni soat taxminan 18:02 da yong‘in chiqqan. O‘t o‘chiruvchilar voqea joyiga 18:04 da yetib borgan, olov 18:32 da o‘chirilgan.
Tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar yo‘q. Davlat yong‘in xavfsizligi xizmatidan xabar berishlaricha, “yong‘in elektr ta’minotida ortiqcha yuklanish oqibatida sodir bo‘lgan, deb taxmin qilinmoqda”.
Avvalroq aynan xuddi shunday sabab bilan Samarqanddagi ikkita transformator yonib ketgan edi.
Izoh (0)