Xalq ta’limi vazirligi Namangan viloyati, Chust shahridagi 9-sonli umumta’lim maktabi o‘qituvchilarini majburiy mehnatga jalb etilganligi haqidagi xabarlarni o‘rganmoqda.
Vazirlikning Huquqiy-nazorat xizmati xodimlari mazkur xabarlarda keltirib o‘tilgan holatlarni o‘rganib chiqadi va O‘zbekiston qonunchiligi doirasida ushbu holatga yo‘l qo‘yganlarga chora ko‘radi.
Eslatib o‘tamiz, “Kun.uz” nashrida e’lon qilingan maqolada Chust shahridagi 9-maktab o‘qituvchilari mehnat ta’tili davrida maktabda ustalar bilan teppa-teng ishlayotgani tilga olingandi.
Izoh (0)