Rossiyaning Rostov-Don shahrida O‘zbekiston bosh konsulxonasi ochildi. Sputnik’ning xabar berishicha, konsulxona Janubiy va Shimoliy-Kavkaz federal okruglar faoliyatini nazorat qiladi.
Konsullikni O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi Botirjon Asadov va Rostov-Don viloyati gubernatori Vasiliy Golubev tantana ravishda ochgan.
Ushbu bosh konsulxona konsullik okrugiga Rossiyaning Shimoliy Kavkaz federal okrugi (Dog‘iston respublikasi, Ingushiya respublikasi, Kabarda-Balkariya respublikasi, Qorachoy Cherkasiya respublikasi, Stavropol o‘lkasi, Checheniston respublikasi, Shimoliy Osetiya respublikasi) va Janubiy federal okrugi (Adigeya respublikasi, Astraxan viloyati, Qalmoq respublikasi, Krasnodar o‘lkasi, Volgograd viloyati, Rostov viloyati) kiradi.
Izoh (0)