Yevropa Ittifoqi Orol bo‘yi mintaqasida inson xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha trast fondi loyihalarini amalga oshirish uchun 5 million yevro ajratdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqidagi vakili Dilyor Hakimov YeI kengashi raisligining tashqi siyosat masalalari bo‘yicha bosh maslahatchisi Rina Kionka bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida Rina Kionka Yevropa Ittifoqi Orolbo‘yi mintaqasida inson xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha BMTning ko‘psheriklik trast fondini qo‘llab-quvvatlashdan manfaatdor ekanligini ta’kidlagan. Shu sababli ushbu fond doirasida 5 million yevro ajratishga qaror qilingan.
Izoh (0)