O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining buyrug‘iga asosan adliya katta maslahatchisi Elmuradov Saydulla Fayzullayevich Bosh prokuraturaning Uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar bermoqda.
S.Elmuradov tayinlovga qadar Toshkent viloyat prokurorining o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
Izoh (0)