• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +41°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Nishon tuman hokimligiga Otquduq massividagi 37 ta xonadon o‘gaymi?

    Qashqadaryo viloyatining Nishon tumanidagi “Otquduq” massivida 2015–2016-yillarda qad rostlagan 37 ta namunali xonadon egalarining “Daryo”ga murojaat qilishicha, zamonaviy talablar asosida qurib bitkazilgan uy-joylarida yashash uchun sharoit yo‘q. Na gaz va na suvdan darak bor. Aholi tuman hokimligi ushbu muammodan yaxshigina xabardor bo‘lsa-da, hudud aholisiga o‘gaydek munosabatda bo‘lib, muammoga panja orasidan qarayotganidan shikoyat qilmoqda.

    Nishon tumani hokimligi.

    Nishon tumani hokimligi.
    Foto: “Daryo”

    “Daryo” muxbiri aholi murojaatini o‘rganish maqsadida Nishon tumanida bo‘ldi.

    Otquduq massividagi namunali uylar.

    Otquduq massividagi namunali uylar.
    Foto: “Daryo”

    — Namunali uy-joylardan olamiz, — deb orzu qilib, yelib-yugurib yetishganimiz cho‘l o‘rtasida qad rostlagan na suvi va na gazidan darak bor bir maskan bo‘ldi, — deydi ushbu hududda yashovchi aholi vakillaridan biri Qudrat Mamarasulov. – Qarshi tumanining “Mirmiron” hududida qurib bitkazilgan namunali uy-joylarni ko‘rib, havas qilgandik. O‘shanday uy-joylarga erishamiz deb o‘ylagandik. Ammo o‘ylaganlarimiz sarob bo‘lib chiqyapti. Shahar tipida namunali deya qurilgan uylarda na suv bor va na gaz.

    Qudrat Mamarasulov.

    Qudrat Mamarasulov.
    Foto: “Daryo”

    — Suv va gaz yo‘qligi haqida tuman hokimligiga bir necha marotaba murojaat qildik, — deydi Nodira Kamolova. – Ammo foydasi yo‘q. Hech kim bizni eshitmayapti. Hatto eshitishni ham xohlamayapti. So‘nggi kunlarda tuman hokimligiga bu xususida bildirish uchun borsak, kiritishmayapti ham. Suv yo‘qligidan har yili ekayotgan daraxtlarimiz qurib bitmoqda. Biz ichimlik suvini sotib olib bo‘lsa-da, ichishga tayyormiz, hech bo‘lmaganda artezian suv chiqarib berish imkoniyatini qilishsin, degan o‘tinchimiz bor. Dodimizni kimga aytishni bilmay, boshimiz qotgan.

    Nodira Kamolova.

    Nodira Kamolova.
    Foto: “Daryo”

    Qurib qolayotgan daraxtlar.

    Qurib qolayotgan daraxtlar.
    Foto: “Daryo”

    Qurib qolayotgan daraxtlar.

    Qurib qolayotgan daraxtlar.
    Foto: “Daryo”

    Aholi vakillaridan biri Faxriddin Sattorovning qo‘shimcha qilishicha, ushbu hududdan 100–150 metr narida “Sho‘rtangazkimyo” majmuasi uchun 1000 lik hajmdagi trubada suv olib o‘tilgan. Aholi ushbu suvdan umidvor ekanligini bildirmoqda.

    Faxriddin Sattorov.

    Faxriddin Sattorov.
    Foto: “Daryo”

    — Yashayotgan joyimizda bolalar uchun na o‘yingoh bor va na biror bir sport majmuasi, — deydi Mahbuba Rahmatova. – Farzandlarimiz “o‘ynayman”, deb ko‘chaga chiqsa, tuproqqa bulg‘anib kiradi. Zavodga yuk olib o‘tayotgan yuk mashinalarining shovqini, harakat payti chang ko‘tarishidan aziyat chekyapmiz. Eng yomoni yuk mashina haydovchilari o‘zaro poyga qo‘yishib, uyimizni chang-to‘zonga to‘ldirishadi.

    Mahbuba Rahmatova.

    Mahbuba Rahmatova.
    Foto: “Daryo”

    Aholi namunali uy-joylar shahar narxida, balki undan ham qimmat narxga pullangani, ammo shunday bo‘lsa-da, yetarli darajadagi sharoitlar bilan ta’minlab berilmaganidan shikoyat qilmoqda.

    Foto: “Daryo”

    Sobiq “Otquduq”, ayni damda “Yangiobod” deya nom berilgan “Navbahor” mahallasiga qarashli hududda yashovchi Dilorom Boymurodovaning aytishicha, ushbu hududdan qurilgan uy-joylar uchun vaqtida viloyat markazidagi uy-joylar narxidan ham 5 million so‘m ko‘p pul olingan. Sababiga kelganda, qurilish materiallarini olib kelish xarajatlari uchun degan javobni berishgan.

    — O‘sha paytda shaharda qurilgan namunali uy-joylardan ham 5 million so‘m ortiqcha to‘laganimizga ham rozimiz, ammo yashash uchun sharoit yo‘qligi bizni tashvishlantirayapti, — deydi Dilorom Boymurodova. – Nega endi uyga shahar narxida, kerak bo‘lsa undan ortiq pul to‘lab suv va gazsiz yashashimiz kerak?

    Nomiga o‘rnatilgan rakovina.

    Nomiga o‘rnatilgan rakovina.
    Foto: “Daryo”

    Ma’lum bo‘lishicha, Nuriston shaharchasidan 5 kilometr narida joylashgan “Otquduq” massivida 2015-yil 30 ta, 2016-yil esa 7 ta namunali turar-joylar “Sho‘rtangazkimyo” majmuasi ishchi xodimlari uchun qurib bitkazilgan. Dastlabki badal to‘lovi 50 million so‘mdan 60 million so‘mgacha bo‘lgan umumiy narxi 175–185 million so‘m qilib baholangan mazkur turar-joy majmualari allaqachon foydalanishga topshirilgan bo‘lsa-da, ayni kunga qadar ushbu uylarga gaz ham, suv ham keltirilmagan.

    — Eng yomoni 2016-yil biz uchun qurilishi boshlangan 7 ta uy-joy yakuniga yetmay, o‘sha paytda ham ancha muammo bo‘lgandi, — deydi Dilorom Boymurodova. – Qurilish tashkiloti uy qurilishini yakuniga yetkazmay ancha sarson qilgan. Qurilishi 2016-yil boshlangan uyimizga 2018-yil noyabr oyida ko‘chib o‘tganmiz.

    Tuman hokimligi bosh mutaxassisi Ismatilla Mengliyevning ta’kidlashicha, ushbu namunali uy-joylar qurilishi oldidan aholiga ushbu hudud chekka hudud hisoblanishi, tabiiy gaz bo‘lmasligi, ichimlik suvi hovuz orqali ta’minlanishi ko‘zda tutilgani tushuntirilgan. Va shuning uchun ham har bir xonadonga 5 tonna sig‘imga ega hovuz qurilgan.

    Ismatilla Mengliyev.

    Ismatilla Mengliyev.
    Foto: “Daryo”

    Ismatilla Mengliyevning ma’lumot berishicha, 2015-yil qurilgan 30 ta uyning 15 tasi “Usta tadbirkor” xususiy korxonasi tomonidan qurilgan bo‘lsa, qolgan 15 ta uy va yana 2016-yil qurilgan 7 ta uy-joylar “Tallimarjon maxsus inshoot qurilish-ta’mirlash” MChJ vakillari mehnati bilan qad rostlagan.

    Aholi vakillarining shikoyatiga ko‘ra, qurilish loyihasida 2015-yil qurilgan 30 ta turar-joy majmuasi atrofidagi yo‘llar asfaltlanishi ko‘zda tutilgan bo‘lsa-da, yo‘l qurish shag‘al yotqizilishi bilan tugatib qo‘yilgan. Ish yakuniga yetmagan.

    Chala va sifatsiz yotqizilgan shag‘al aholi uyiga kirish joyini yopib qo‘ygan.

    Chala va sifatsiz yotqizilgan shag‘al aholi uyiga kirish joyini yopib qo‘ygan.
    Foto: “Daryo”

    — Bu borada murojaat qilmagan joyimiz qolmadi, — deydi Shuhrat Mamarasulov. – Ammo haligacha ko‘chalarimiz asfaltlanmagan. Bundan-da yomoni shag‘al yotqizishda ishlar shu darajada chala va sifatsiz bajarilganki, shag‘al aholi xonadoniga kirish darvozalari tagida uyulib qolib, kirish imkoniyatini cheklab qo‘ygan.

    Chala va sifatsiz yotqizilgan shag‘al aholi uyiga kirish joyini yopib qo‘ygan.

    Chala va sifatsiz yotqizilgan shag‘al aholi uyiga kirish joyini yopib qo‘ygan.
    Foto: “Daryo”

    Jurnalistik surishtiruvlarimiz davomida aniqlanishicha, 2016-yil qurib bitkazilgan 7 ta xonadonning ba’zilarida hatto qurilish ishlari ham yakuniga yetmay, tashlab ketilgan. Buni Buvaysha Arziqulova yashayotgan 32-xonadonning yuvinish xonalari ham isbotlab turibdi.

    Qurilishi chala tashlab ketilgan 32-xonadon.

    Qurilishi chala tashlab ketilgan 32-xonadon.
    Foto: “Daryo”

    Qurilishi chala tashlab ketilgan 32-xonadon.

    Qurilishi chala tashlab ketilgan 32-xonadon.
    Foto: “Daryo”

    Qurilishi chala tashlab ketilgan 32-xonadon.

    Qurilishi chala tashlab ketilgan 32-xonadon.
    Foto: “Daryo”

    Qurilishi chala tashlab ketilgan 32-xonadon.

    Qurilishi chala tashlab ketilgan 32-xonadon.
    Foto: “Daryo”

    — Haqiqatdan ham 2016-yil “Tallimarjon maxsus inshoot qurilish-ta’mirlash” MChJ tomonidan qurilishi boshlangan 7 ta namunali turar-joy majmualari qurilishi o‘z vaqtida yakunlanmay, 2018-yilga kelib aholiga topshirilgan edi, — deydi Ismatilla Mengliyev. – Ancha muammoli holat yuzaga kelgandi. Bu esa aholi noroziligiga sabab bo‘ldi. Shu boisdan ham aholi murojaatiga ko‘ra, qurilish tashkiloti ustidan jinoiy ish ochilib, tegishli xulosalar qilingan.

    Ushbu hududda yashovchi aholi vakillari suv va gaz muammosidan tashqari, hududda bolalar uchun bog‘cha, maktab va tibbiy punkt ham ko‘zda tutilmaganidan iztirobda.

    — Hudud aholisi uchun bog‘cha, maktab va tibbiyot markazi qurilishi ko‘zda tutilgan edi, — deydi Ismatilla Mengliyev. – Ammo 6 sotix maydonga ega bu kabi turar-joy majmualari qurilishi yakunlangan, qolaversa ushbu hudud suv va gaz uchun ham noqulay joy hisoblangani bois, bog‘cha, maktab kabi ijtimoiy soha obyektlari qurilishi to‘xtab qolgan. Ammo yaqin kelajakda bog‘cha ham, maktab ham bo‘ladi, albatta. Sababi ushbu hududdan 400 nafar aholiga 4 sotixdan auksion orqali yer berish ko‘zda tutilgan bo‘lib, keyinchalik gavjum maskanga aylanishiga umid qilyapmiz.

    Nomiga o‘rnatilgan isitish moslamalari.

    Nomiga o‘rnatilgan isitish moslamalari.
    Foto: “Daryo”

    Nomiga o‘rnatilgan isitish moslamalari.

    Nomiga o‘rnatilgan isitish moslamalari.
    Foto: “Daryo”

    Nomiga o‘rnatilgan isitish moslamalari.

    Nomiga o‘rnatilgan isitish moslamalari.
    Foto: “Daryo”

    Umid qilish yaxshi, albatta. Ammo bu kabi ishlar bitgunga qadar ushbu hududda yashayotgan 37 ta xonadon vakillari nima qiladi? Tuproqqa belanib, suvsiz, gazsiz yashashda davom etadimi? Demakki, ushbu hududdagi uy-joylar loyihasi tayyorlanayotgan payt suv va gaz kelishi amrimahol ekanligi aniq bo‘lgan bo‘lsa, unda xonadonga suv jo‘mraklari, yuvinish uchun “vanna” hamda gaz uchun “otopleniye” o‘rnatishdan maqsad nima? Savollar ko‘p. O‘ylaymizki, Nishon tuman hokimligi bu kabi savollarga tez orada jo‘yali javob qaytaradi.

    16.07.2019, 15:04   Izoh (0)   20900
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda DXXning sobiq raisi Ixtiyor Abdullayev ustidan sud boshlandi

    16.07.2019, 14:50

    “Qo‘yliq” bozoridagi o‘zaro janjalda bir kishi pichoqdan jarohatlandi

    16.07.2019, 14:26

    Jizzaxda “Umar ibn Xattob” jome masjidining yangi binosiga birinchi g‘isht qo‘yildi

    16.07.2019, 14:05

    Navoiy viloyati hokimi o‘tkazgan sayyor qabulda 51 ta masala ko‘rib chiqildi

    16.07.2019, 13:59

    Toshkentda qurilish ishlari olib borilayotgan hududda yong‘in sodir bo‘ldi

    16.07.2019, 13:53

    “Xorazm” innovatsion texnoparki tashkil etildi

    16.07.2019, 13:47
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Avstraliya Ukrainaga 49 ta Abrams tanklarini yetkazib berdi

    Dunyo | 19 iyul, 15:05

    Levandovski Polsha terma jamoasiga qaytadi

    Sport | 19 iyul, 15:00

    “Uyda yolg‘iz” filmida ko‘pchilik payqamagan mantiqsiz xatoliklar (foto)

    Kino | 19 iyul, 14:35

    Davlat granti qaysi taʼlim yo‘nalishlariga ko‘p ajratilishi maʼlum bo‘ldi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 14:03

    Yozgi transfer oynasida eng ko‘p xarajat qilgan klublar: “Chelsi” yetakchi, “Liverpul” va “Real” ham undan qolishmayapti

    Sport | 19 iyul, 13:30

    Britaniya Yevropa Ittifoqining Rossiya neftiga “yuqori narx chegarasi”ni pasaytirish bo‘yicha qaroriga qo‘shildi

    Dunyo | 19 iyul, 13:15

    O‘zbekistonga telefon importi sezilarli kamaydi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 12:50

    Kayfiyatingizni ko‘tarib, hayotga qiziqish uyg‘otadigan 7 ta film

    Kino | 19 iyul, 12:26
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.