Toshkentning Yashnobod tumani Boyqo‘rg‘on ko‘chasi 2-uyda joylashgan “Biznes yunayted” MChJga qarashli qurilish ishlari olib borilayotgan hududidagi qurilish vagonida yong‘in yuz berdi.
Davlat yong‘in xavfsizligi xizmatidan ma’lum qilishlaricha, hodisa 15-iyul kuni sodir bo‘lgan. Voqea joyiga 2 ta yong‘in o‘chirish texnikasi yuborilgan va yong‘in bartaraf qilingan.
Yong‘in oqibatida qurilish vagonining ichki qismining 25 kvadrat metr maydoni yongan. Halok bo‘lganlar va tan jarohati olganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Izoh (0)